Eng chiroyli Bayroq haqida sherlar to’plami

Bayroq haqida sherlar sizlarga yoqadi degan umiddamiz. 18-noyabr O’zbekiston Respublikasi Davlat bayrog’i qabul qilingan kun, Shu munisabat bilan ushbu sahifada bayroq haqida eng zo’r sherlarni taqdim etamiz. Bayroq haqida sherlar

Qalbimiz to’la surur,
To‘tiyo yurt tuprog’i,
Hilpirab turar mag’rur,
O‘zbekiston bayrog’i.

Rangi hayot misoli,
Yulduzlari hiloli,
Mustaqillik timsoli,
O‘zbekiston bayrog‘i.

Naqorat:
Iftixor dilimizda,
U yo‘ldosh yo‘limizda,
Yuksalar qo‘limizda,
O‘zbekiston bayrog‘i.

Gumbazlarda, yuksakda,
Peshtoqlarda, falakda,
Ko‘ngillarda, yurakda,
O‘zbekiston bayrog‘i.

Rangi hayot misoli,
Yulduzlari hiloli,
Mustaqillik timsoli,
O‘zbekiston bayrog’i.

Tavsiya etamiz : Vatan haqida sherlar

Bayrog‘imda – Bayroq haqida sherlar

Bir bayroq ostida
Kechdi bu zamindan Manguberdilar
Kubrolar, Temurlar shavkati-shoni
Bir bayroq ostida birlashdi el-yurt
Bir bayroq ostida yashnadi zamon.

Istiqloldan keyin ajdodlar tug‘in
Yangiladik ne tong erk bo‘ldi qarov
Balqdi tantanavor boshimiz uzra
Xalqimiz timsoli milliy bir yalov.

Istiqlol bayrog‘i

Ona yurtim jon yurtim
Hur O‘zbekiston yurtim
Istiqlol bayrog‘ini
O‘pib yuzimga surtdim.

Mo’tabar bayrog’im

Bayroqdagi 4 xil rang
Hamohangdir birlikda
Bir-birini to’ldirar
Maqsad sari tenglikda
Havo rang tinchlik demak

Oq-rangdir-poklik ramzi
Yashil-yashnagaydir el
Qizil rang hayot ramzi
Yulduzlar doimo sirli

Ma’nolarni so’zlaydi
12 yulduz 12 oy tarixdan so’zlaydi
Yangi chiqqan to’lin oy
Har ko’zni o’zga chorlar

Duoga ochamiz qo’l
Dilga nur,poklik solar
12 baxt yulduzi
O’ziga xo’p yarashar

Unda dunyo xalqlari
Havas bilan qarashar.
Mustaqil yurt deb atar
Yer yuzining har yog’i

Bizga juda mo’tabar
O’zbekiston bayrog’i.

Tavsiya etamiz : Bayroq haqida insho