Vatan haqida sherlar – O’zbekiston haqida sherlar

Kim o‘z yurtini sevmasa, u hech nimani seva olmaydi. Vatan ostonadan boshlanadi. Inson dunyoga kelishi bilan vatan oldidagi burchi hamda vazifasi u bilan birga buladi.

Vatan haqida eng chiroyli eng kerakli sherlar to’plamini e’tiboringizga havola etamiz. Bizning vatanimiz O’zbekiston demak O’zbekiston vatani haqida ham yozamiz xudo xohlasa.

Vatan haqida sherlar

Ushbu to'plami Xurshid Davronning web saytidan olingan bo'lib vatan haqidagi sherlardan birdir.

Dilingizda bo‘lsin quvonchi g‘ami,
Kitoblarda emas, qog‘ozda emas.
Bo‘zda yashaysizmi, Buxorodami,
Siz bilan barobar u olsin nafas.

Bolangizni belab qo‘ying tush payti,
Tollar belanchakni uchirsin ko‘kka.
Ammo siz boshida allalar ayting,
Vatan tuyg‘usini soling yurakka.

Ayting, dalalarda egilgan lahza,
Ayting, quyosh qonga botib yotganda.
Ayting, quvonchu g‘am solganda larza,
Ayting, oq ko‘ylakli tonglar otganda.

Janozada yig‘lab allalar ayting,
Ayting, shuurlaru kurashlar aro.
Toki qalbimizda jo‘sh urgan tuyg‘u
Farzandlar qalbida bersin aks-sado.

Ona To‘marisning shonli qismati,
Jaloliddin tig‘i taratgan jarang,
Bizning yurakkacha, balki, yetmasdi,
Bo‘lmaganda, xalqim, allang — xotirang.

Beruniy yulduzi, Sino kahkashoni
Falakdan yo‘limiz yoritib boqsin.
Mahmud Torobiyning muqaddas qoni
Farzandlar qalbida jo‘sh urib oqsin.

Hazrat Sohibqiron tuzuklaridan
Ko‘chib,ifikrlarni yoritsin surur,
Dillarni charog‘on etsin Navoiy
Qalami taratgan hikmatli shuur.

Mirzo Ulug‘bekning rasadin toqi,
Yurgan yo‘limizga nurlar to‘shasin,
Vatan deb jon bergan har botir xoki
Dilda nafas olsin, dilda yashasin.

Vatan – yurakdagi quvonch, qayg‘u, shasht,
Uni tirik saqlar yurakdagi sas.
Vatan – bamisoli quyoshga o‘xshash,
Vatan ham odamdek oladi nafas.

Meni olib keting

<img class=

Tinch edi hamma yoq, tinch edi har yon,
Titradi go‘yoki yer bilan osmon.
Boshimga xastalik tushdi nogahon,
Meni olib keting o‘z diyorimga.

Issiq jon, deydilar, jon bo‘lsa bo‘lar,
Payt kelsa chechak ham sarg‘ayar, so‘lar.
Kim bilgay paymonang qay yerda to‘lar,
Meni olib keting o‘z diyorimga.

Ginam bor bu yurtning na havosidan,
Mehribon doktorning na davosidan.
Qaytarmang xastani muddaosidan,
Meni olib keting o‘z diyorimga.

Sha’nimga g‘ayurlar bir so‘z demasin,
Har kim o‘zi tortar umr kemasin.
Hech kimni mushtoqlik dardi yemasin,
Meni olib keting o‘z diyorimga.

Talpingan diyorim, u – O’zbekiston!
Sehrini aytishga bormi hech imkon!
Yo‘q, o‘zga yurtlarda berolmasman jon,
Meni olib keting o‘z diyorimga.
1981, Moskva

Abdulla Oripov

Tavsiya etamiz : 9-may bayrami sherlar

Vatanim

Vatanim

O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusufning Vatan haqidagi navbatdagi she’rini o’qib ulardan bahramand bo’ling!

Men dunyoni nima qildim,
O`zing yorug` jahonim,
O`zim xoqon,
O`zim sulton,
Sen taxti Sulaymonim,
Yolg`izim,
Yagonam deymi,
Topingan koshonam deymi,
O`zing mening ulug`lardan
Ulug`imsan, Vatanim…

Shodon kunim gul otgan sen,
Chechak otgan izimga,
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga.
Singlim deymi,
Onam deymi,
Hamdardu hamxonam deymi,
Oftobdan ham o`zing mehri –
Ilig`imsan, Vatanim.

Sen Mashrabsan,
Xalqda tumor,
Balxda dorga osilgan,
Navoiysan, shoh yonida
Faqirini duo qilgan.
Yassaviysan, meniki deb,
Ko`ringan da’vo qilgan,
Ming bir yog`i ochilmagan
Qo`rig`imsan, Vatanim.

Sen Ho`jandsan,
Chingizlarga
Darvozasin ochmagan,
Temur Malik orqasidan
Sirdaryoga sakragan,
Muqannasan qorachig`i
Olovlarga sachragan,
Shiroqlarni ko`rgan cho`pon
Cho`lig`imsan, Vatanim.

Kim Qashqarni qildi makon,
Kim Enasoy tomonda,
Jaloliddin – Qurdistonda,
Boburing – Hindistonda,
Bu qanday yuz qarolig` deb
Yotarlar zimistonda,
Tarqab ketgan to`qson olti
Urug`imsan, Vatanim…

O`g`lim desang osmonlarga
G`irot bo`lib uchgayman,
Chambil yurtda Alpomishga
Navkar bo`lib tushgayman,
Padarkushdan pana qilib
Ulug`beging quchgayman,
G`ichir-g`ichir tishimdagi
So`lig`imsan, Vatanim…

O`tgan kuning – o`tgan kundir,
O`z boshingga yetgan kun,
Qodiriyni bergan zamin,
Qodiriyni sotgan kun.
Qo`lin bog`lab,
Dilin dog`lab,
Yetaklashib ketgan kun,
Voh bolam! deb aytolmagan
Dudug`imsan, Vatanim.

Yoningda qon yig`lagan bir
Shoiringga qarab qo`y,
Gar Qo`qonga yo`ling tushsa,
Detdomlarni so`rab qo`y.
Hech bo`lmasa Usmon hokin
Keltirmoqqa yarab qo`y,
Olislarda qurib qolgan
Qudug`imsan, Vatanim…

Sen – shoxlari osmonlarga
Tegib turgan chinorim,
Ota desam,
O`glim deb,
Bosh egib turgan chinorim,
Qo`ynimdagi iftixorim,
Bo`ynimdagi tumorim,
O`zing mening ulug`lardan
Ulug`imsan, VATANIM !

Muhammad Yusuf

Vatan

Vatan

Xoldor Vulqon tomonidan yozilgan navbatdagi sherlar to’plami esa albatta sizning etiboringizni tortadi. Buni siz oldin kimdandir eshitgansiz.

Sen agar bug‘doy boshoq bo‘lsang somoningman, Vatan,
Toabad boshing omon bo‘lsin, tovoningman, Vatan.

Barcha yaxshi, barcha oqil, barcha dono, faylasuf,
Qimtinib bir chekkada yurgan yomoningman, Vatan.

Chor taraf zulmat, tuman, uvlaydi ming -minglab shoqol,
To sahar gulxan yoqib chiqqan cho‘poningman, Vatan.

Barcha jim, tilsiz pisib, mum tishlaganda, xayqirib,
Haq so‘zin dor ostida aytgan zaboningman, Vatan.

Bo‘lmasin ovvora yov oybolta qayrab qatlima,
Qatl etib o‘ldirsa xam o‘lmas omoningman, Vatan.

Yurtda Vulqon cho‘qqidek boshim bulutlardan baland,
Yov uchun mangu o‘tib bo‘lmas dovoningman, Vatan!

Muqaddas so’zim : Vatandir

Ko‘ngil kimni sevsa, u ko‘zda turar,
Necha boqmasin ko‘z, yana orzular.
Dil orzu-tilagi nima bo‘lsa gar
Og‘izga so‘zga ochgach u tilga chiqar.

Yusuf Xos Hojib. Qutadg‘u bilik. XI asr.

Tavsiya etamiz : 14 yanvar vatan himoyachilari kuni sherlar

Jonim ichida Jonimdirsan

Jonim ichida Jonimdirsan

O’zbekiston va vatan haqida yozilgan ushbu sheriy asar sizlarga albatta maqul bo’ladi.

Bu dunyoda jannatmonand yerlar bisyor,
Bu dunyoda oqu qaro ellar bisyor,
Ammo yo‘qdir bu dunyoda sendek diyor,
Jonim ichra jonimdursan, O‘zbekiston.

Tuprog‘ingda ajdodlarim izi qolgan,
Bobolarim terlarining tuzi qolgan,
Har gardida momolarim ko‘zi qolgan
Jonim ichra jonimdursan, O‘zbekiston.

O‘zbek elim, nuri diydam, qarog‘imsan,
O‘zbek elim, osmonimu tuprog‘imsan,
Ham quvonchim, ham baxtimu firog‘imsan,
Jonim ichra jonimdursan, O‘zbekiston.

Beshigingda allalading dunyolarni,
Dunyo ochgan necha–necha daholarni,
Bolam deding yuraklari adolarni,
Jonim ichra jonimdursan, O‘zbekiston.

Sohibqiron qo‘llarida qalqon bo‘lding,
Ulug‘bekning nigohida osmon bo‘lding,
Mirzo Bobur yuragida armon bo‘lding,
Jonim ichra jonimdursan, O‘zbekiston.

Qo‘li qadoq dehqon elim, sulton elim,
Ko‘ksi yurtga doim balogardon elim,
O‘z yurtiga sohibqiron hoqon elim,
Jonim ichra jonimdursan, O‘zbekiston.

Vatan Devorlari

Bu devorlar – bizning yelkamiz,
Bu devorlar – oyoqlarimiz.
Yelkamizda ona o‘lkamiz –
Kuyu bayot, qir, bog‘larimiz.

So‘zimizdir – devorda har tosh,
Ko‘zimizdir – toshdagi bo‘yoq.
Izimizdir – yurtdagi har bir
Qal’a, qasr, madrasa, chortoq.

Minoralar – qaddimiz bizning,
Sardobalar – bizning ko‘z yoshlar.
Bitik toshdir har biri, o‘qing,
Poydevorga taxlangan toshlar.

Bo‘lmaganda gar Shoxizinda,
Yo Xivaning Kalta minori –
Yurak degan qutlug‘ zaminda
Yuksalmasdi G‘urur chinori.

Bo‘lmaganda Go‘ri Amirning
Toshlariga bitilgan ko‘klam –
Hayratlanib qoshida sirning,
Viqor bilan to‘lmasdi ko‘krak.

Yurmas edik bunchalar tetik,
Bo‘lmas edi tanda ruh obod.
Bor bo‘lardi yurakda kemtik –
Bo‘lmaganda oddiy Ruhobod.

Imom Buxori-yu Shohi Naqshband
Imom Termizi-yu, Najmiddin Kubro —
Bobolarning ravshan imoni
Yuraklarga beradi oro.

Biz ularni bilmasak agar
Porlamasdi buncha ko‘zimiz.
Osmonlarni titratmas edi
She’r aytganda sas, ovozimiz.

Ona deymiz Vatanni!
Vatan –
Shu Registon, shu Ichanqal’a.
Bolalikdan ular bizlarning
Boshimizda aytmishlar alla.

Vatandir – yer ostidan birdan,
Qadim qo‘shiq parchasi kabi,
Sellar o‘tib, ko‘zga tashlangan
Bitik toshlar – bobolar qalbi.

Qal’alarning ko‘ksiga botgan
O‘qlar izi – yarasiga boq!
Ular – dilda og‘riq uyg‘otgan
Bujur yara, iztirob, ingroq.

Ularni sen o‘yilgan ko‘z deb
O‘ylamagin – ko‘radi ular.
Ular yashar dunyoda biz deb,
Qadamimiz tuzatib turar.

Ular qaddi bukilsa agar,
Yelkamizni tutaylik darrov.
Qulayotgan minor oldidan
Befarq o‘tgan ajnabiymas, yov!

Zilzilani kutgan asbobdek
Sergak bo‘lsin doimo yurak.
Aldamasin xuddi sarobdek
Aldoqchi his, o‘tkinchi ermak.

Yelkalarni tutaylik, toki
Qudrat bilan to‘lsin yelkamiz.
Yelkamizda ko‘zimiz oqu
Qorasi – yurt, ona o‘lkamiz.

Yelkalarni tuting… Devorlar
Cho‘kib borar – Vaqt qilmas shafqat.
Qulaganda… Qulaydi ular
Bolalarning ustiga faqat.

1981

Tavallo

Tavallo

Muhammad Yusuf tomonidan yozilgan navbatdagi shedever sheriy asar. Ushbu sheriy asar Yulduz Ustmonova tomonida bir necha bor Mustaqillik bayramlaridan kuylangan. Vatan haqida sherlar sizlarga yoqadi.

Oq yo`rgakka o`ragansan o`zing bizni,
Ham oq yuvib-taragansan o`zing bizni.
Beshigimiz uzra bedor ona bo`lib,
Kunimizga yaragansan o`zing bizni.
Fidoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston!..

Qalqoning bor, kim qasd qilsa gar joningga,
Alpomishlar ruhi yor har o`g`loningga.
Asragaymiz giyohing ham gulday o`pib,
Yovlar yaqin yo`lolmagay qo`rg`oningga.
Adoying bo`lgaymiz seni, O`zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston.

Tuzing totib, unutganlar xor bo`ladi,
Ko`zlariga ikki dunyo tor bo`ladi.
Shodon daming ko`rolmagan yurtfurushlar
Bir kun bir kaft qumlog`ingga zor bo`ladi.
Yoningda turgaymiz seni, O`zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston!..

Gul ko`ringan dashtingdagi giyoh-xasdir,
Soddadilu ulug`vorlik senga xosdir.
Sevamizki, cho`llaring ham bizga jannat,
Tuprog`ing ham Makka misol muqaddasdir.
Onadek ko`rgaymiz seni, O`zbekiston,
Hech kimga bermaymiz seni, O`zbekiston!

Muhammad Yusuf

Vatan – vatan haqida sherlar

Iqbol Mirzo tomonidan yozilgan Vatan haqidagi sher ham albatta sizlarga manzur bo’ladi.

Seni desam yuragimda
ochilar gullar,
Yomg’ir bo’lib samolardan
sochilar gullar,
Sahrolardan, daryolardan
sochilar gullar,
Yuragimning gulisan sen,
gullagan Vatan!

Isming aytib uyg’onadi
chuchuk jilg’alar,
Sunbulalar tonglaringdan
taqar sirg’alar,
Kiprigimda yog’dularing
solar jilvalar,
Tilagimning gulisan sen,
gullagan Vatan!

Xushbo’y-xushbo’y olmalarda
jannat havosi,
Tog’laringning bag’rida ming
dardning davosi,
Shudir, axir, bir insonning
umr safosi,
Yuragimning gulisan sen,
gullagan Vatan!

Hovuch-hovuch, zilol-zilol
suvingdan ichdim,
Mehring qanot bo’ldi, moviy
ko’klarda uchdim,
Yana qaytib senga keldim,
tuprog’ing quchdim,
Tilagimning gulisan sen,
gullagan Vatan!

… Yuragimning gulisan sen,
gullagan Vatan!

Iqbol Mirzo

Tavsiya etamiz : Vatan himoyachilari bayrami sherlar

Vatanim haqida sher

Xurshid Davron tomonidan yozilgan qator sherlarning aynan vatan haqida yozilganini bir o’qib odam zavqlanadi.

Dunyo kezib goʼzal-goʼzal yurtlar koʼrdim,
Jannatmonand oʼlkalarda hayron yurdim,
Аmmo, sendek yuragimga aziz bzlgan
Biror yurtni topolmadim, ona yurtim!

Men noningdan shirinroq non topolmadim,
Men nomingdan azizroq nom topolmadim,
Shoningdan ham yuksakroq topolmadim,
Tarixlarda nomi yuksak, ona yurtim!

Xoru xasing azizroqdir javharlardan,
Tuprogʼingning gardi laziz gavharlardan,
«Dunyo koʼrki menman» degan shaharlardan
Siqimgina xoking aziz, ona yurtim!

Istiqloling muʼtabardir onamdayin,
Bamisoli onam aytgan alladayin,
Аjdodlarim qoni tomgan daladayin,
Muqaddassan, mukarramsan, ona yurtim!

Vatan haqida sherlar yana bu yerda bor manba.