Munadarija
Qish haqida sherlar. O’zbekistonda qish faslini juda ham intiqlik bilan kutishadi. Ushbu fals haqida sherlar to’plamlari chop etilgan. Qish fasli haqida sherlar to’plami ham ushbu faslning eng jozibador to’plamidan biri hisoblanadi.
Qor yog’ayotgan oqshom.
Qor yog’ayotgan oqshom
Shaharni kezsang,
G’ira-shira ko’chalarni kezsang,
qo’llaringni cho’ntakka tiqib,
Qor esa erisa lablaringda jim.
O’ylasang, olislarda qolgan kimnidir,
Shu qorni o’ylasang, qalbing entiksa.
Ayniqsa, o’zing sevgan qizni o’ylasang,
Ayniqsa, o’ylasang onangni…
Qor esa tinmasa,
Tinmasa qadaming.
O’zing ham bir qor uchquniday
Singib ketsang tunning bag’riga.
Kimgadir yo’l bersang, kimgadir salom,
Ammo o’zing bilmasang buni.
Qor esa bo’ralab yog’aversa jim,
Adashsang-da, sezmasang adashganingni (olindi)
So’nggi xat.
Qor kechib, bog’chani kezaman,
Ko’zimni yashirib yorug’dan.
Men balki qochishni istayman,
Yurakda uyg’ongan og’riqdan.
Bog’chaga ochilgan deraza
Taratar navoni – yog’duni.
Men esa tushaman larzaga,
Yo’qotib qadrdon tuyg’uni.
Qo’limda sen yozgan so’nggi xat,
Vujudda kezadi qaltiroq.
Maktubing shu qadar qisqaki,
Og’riqning azobi uzunroq…(olindi)
Tavsiya etamiz : Archa haqida sherlar
Qor yoqqan kun
Qandayin so‘z topay tasvirlash uchun
Maysalar rangini qor yoqqan kuni,
Qordan chiqib turgan maysalar uchin,
Yulduzlar sovuqdan muzlagan tunni.
Oy bilan sayr etib yurgan chog‘imda
Yo‘lakdagi muzning qisir-qisirin,
Ko‘rpaga o‘rangan tungi bog‘imda
Qari daraxtlarning mahzun shivirin.
Sirg‘adek osilgan alvon do‘lana
Yulduzdek yonadi yo‘lak chetida,
Qorning uchqunlari go‘yo parvona
Qo‘naru eriydi bo‘sh hovuchimda
Qor yog‘ar…
Hayajon misli shamchiroq
Yoritib turadi yuragim ichin,
Barchasin sirini bilaman, biroq
So‘z topa olmayman tasvirlash uchun…(olindi).
Qish yaqin.
Quyonga dedi Ayiq:
— Buncha shoshasan, qiziq?
— Qish kelar qilich qayrab,
Qandoq o‘tiray qarab?
Qish g‘amini yeyapman.
—To‘xta, nima deyapsan?
Qish degani bir kecha…
— Unday emasdir hecham.
— Bir uxlab tursang, bahor!
— Bahorgacha ko‘p gap bor…
Qishli qirovli kunda
Ovqat so‘rayman kimdan?
— Qanaqa qish, ey ahmoq? —
Darg‘azab bo‘lar maymoq.
— Qishdan qo‘rqmaysiz, demak…
Gap qaytarma tirmizak.
Qish tasbehlari.
Qor kiyingan archalar
Oq qalpoqqa o‘xshaydi.
Yaltiroq shox-shabbalar
Jez taroqqa o‘xshaydi.
Muz qotgan ariqchalar
Zar belbog‘ga o‘xshaydi.
Sumalaklar — qandillar
Muz chiroqqa o‘xshaydi.
Qor ustida qarg‘alar
Qora dog‘ga o‘xshaydi.
Yo oq qog‘ozga tomgan
Rang — siyohga o‘xshaydi.
Fe’li sovuq izg‘irin
Ko‘p chatoqqa o‘xshaydi.
Quvib solar hammani,
Urto‘qmoqqa o‘xshaydi.
Tavsiya etamiz : Yangi yil haqida sherlar
Oppoq qish – Po’lat mo’min
Oppoq qish-ey, oppoq qish,
Eh, qorlari yumshoq qish.
Chana, konki o‘ynatgan,
Quvnoq qish-ey, quvnoq qish.
Dam olmoqda dalalar,
Keng vodiylar, daralar,
Fasl gashti atrofga
Qo‘shiq bo‘lib taralar.
Tarnovlarda sumalak,
Ko‘llar oyna—yaxmalak.
Ayting, ayting bo‘lmasin
Hech kim yo‘lda charxpalak.
Sovuq hazllasharmi,
Yuzlar jizillasharmi,
Goho-goho uchragan
Qo‘rqoqni izlasharmi?
Oppoq qor sut singari
Ona Yerga singadi.
Oftob kelib yaqinroq
Qishning qahrin yengadi.
Oppoq qish-ey, oppoq qish,
Tarqoq qish-ey, qo‘rqoq qish.
Qish.
Dala-dashtda tindi ish
Mehmon bo‘lib keldi qish.
Qish emas, — qor bobo,
Sovg‘alari bor bobo.
Uyda bezog‘lik archa,
Tepasida oyparcha.
Xuddi yozday, bahorday,
Iliq kuzgi nahorday.
Qor yog‘ar kecha-kunduz,
Suv sovqotib kiygan muz.
Dala-dasht — oppoq gilam,
Qoqib bo‘lmas sira ham.
Orom berar qor yerga,
Dam-badam tushib terga.
Kela qolsa gul bahor,
Erib ketar yerdan qor.
Keldi qish
Dala-dashtda tindi ish,
Mehmon bo’lib keldi qish.
Qish emas, — qor bobo,
Sovg’alari bor bobo.
Uyda bezog’lik archa,
Tepasida oyparcha.
Xuddi yozday, bahorday,
Iliq kuzgi nahorday.
Qor yog’ar kecha-kunduz,
Suv sovqotib kiygan muz.
Dala-dasht — oppoq gilam,
Qoqib bo’lmas sira ham.
Orom berar qor yerga,
Dam-badam tushib terga.
Kela qolsa gul bahor,
Erib ketar yerdan qor. (olindi).
Tavsiya etamiz : Yangi yil haqida sherlar
Qor.
Qor, qor, qorlar,
Atrof porlar.
Yilt-yilt nurdek,
Oppoq undek.
Shakar undek,
Shakar, desam.
Agar yesam,
Og’rir tishim.
Qor, qor, qorlar,
Atrof porlar.
Yilt-yilt nurdek.
Rosa mazza qish
Rosa mazza qish,
Qorlari — kumush.
Oq kiygan atrof.
Qish havosi sof.
Konki uchamiz,
Hech charchamay biz.
Goho qorbo‘ron
O‘ynab kim chaqqon? —
Bilib olamiz,
Qoyil qolamiz.
Qish kelmoqda
Oppoq qish-ey, oppoq qish,
Eh, qorlari yumshoq qish.
Chana, konki o‘ynatgan,
Quvnoq qish-ey, quvnoq qish.
Dam olmoqda dalalar,
Keng vodiylar, daralar,
Fasl gashti atrofga,
Qo‘shiq bo‘lib taralar.
Tarnovlarda sumalak,
Ko‘llar oyna—yaxmalak.
Ayting, ayting bo‘lmasin,
Hech kim yo‘lda charxpalak.
Sovuq hazllasharmi,
Yuzlar jizillasharmi,
Goho-goho uchragan,
Qo‘rqoqni izlasharmi?
Oppoq qor sut singari
Ona Yerga singadi.
Oftob kelib yaqinroq,
Qishning qahrin yengadi.
Oppoq qish-ey, oppoq qish,
Tarqoq qish-ey, qo‘rqoq qish.
Qor parchalar
Qor parchalar, parchalar,
Oq kiyadi archalar.
Qir, adirlar, qo‘ralar
Oq kiyimga o‘ralar.
Uyga kirdi oq odam,
Qarasam, mening dadam.
Dadamning ustin qoqdim,
Dadamga kulib boqdim.
Yoqalarin tuzatdim,
Issiq to‘nni uzatdim.
Tavsiya etamiz : Yangi yil haqida sherlar