Munadarija
Shoh hamda Shoir Muhammad Bobur haqida sara sherlar to’plami. Ushbu sherlar turli xil shoir va shoiralar hamda havaskorlar haqida yozilgan bo’lib, ularni o’qigan har bir yosh shoirning o’tmishiga sayohat qiladi.
Bobur bobomdan bilganlarim
Bobur bobomdan bilganlarimni bildiray bir-bir:
Bobur-bobomniyam bobolari.
Boyning bolasi bo‘laturib bolaligi baxtli bo‘lmagan betole’ bobom.
Boburning boshiga baxtu baxtsizliklar bitildi.
Begonalarga bosh bo‘lish bobomning bo‘ynida bo‘ldi.
Bobomiz boboyurtidan begona bo‘ldi.
Betakror baytlar bitdi.
«Boburnoma» — Boburning bosh bitigi.
«Boburnoma»ni bosh bolasiga bag‘ishlab bitdi.
«Boburnoma» — Boburga buyuklik berdi.
Bobur botir,bahodir,bunyodkor bo‘ldi.
Boburning bolalariyam bahodir bo‘lishdi, bunyodkor bo‘lishdi.
Boburiy bo‘lsang,botir bo‘l,bunyodkor bo‘l.
Boburday bilimli,Boburday basavlat,badavlat bo‘l.
Boburiy bo‘lsang,Boburday boshing balandda bo‘lsin!
Boburni bilmagan bola bo‘lmasin bizda!
Go‘zal Raimjon qizi.
Tavsiya etamiz : Bobur g’azallari
Mirzo Boburman
( Zahiriddin Muhammad Boburning 538 yilligiga )
Yuz oh, Vatandin , bo‘ldim mosuvo,
Tuz oh, dushmandin, ko‘rdim ko‘p jafo,
Uz oh, bu dunyo, qilmadi vafo,
O‘shal Andijonlik, Mirzo Boburman!
Yaxshilig‘lar qilib, olmadim javob,
Hatto, jigarlarim, bo‘ldilar nobop,
Kerakmas, zarrin to‘n, salla-yu, kimhob,
O‘shal Andijonlik, Mirzo Boburman!
Ilojsiz, Xindiston sari yo‘l oldim,
Boshimni tuganmas, savdoga soldim,
Ishq aro, malomat o‘tida qoldim,
O‘shal Andijonlik, Mirzo Boburman!
Bir qo‘limda qilich, birida qalam,
Ko‘zimda to‘la yosh , qalbimda alam,
Menga tatimadi, oltin-u, olam,
O‘shal Andijonlik, Mirzo Boburman!
Har kim vafo qilsa, toparkin vafo,
Jafo qilsang, agar, toparsan jafo,
Yaxshi bo‘l, ko‘rmaysen, yomonliq hargiz,
O‘shal Andijonlik, Mirzo Boburman!
Sevara Shomatova.
Tavsiya etamiz : Bobur g’azallari
Bobur she’ri
Asli naslim so‘rasangiz,
Men o‘zbek farzandiman.
Farg‘onaning bo‘lagi,
Andijon farzadiman.
Amir temur bobakalonim,
Umarshayx padari buzrukvorim.
Toshkent xoni chin Yunusxonim,
Qutlug‘Nigor tadbirkorim onam.
Andijonda tug‘ildim, o‘sdim,
Hindistonda bog‘lar yaratdim,
Mussavirlar bo‘lishdi do‘stim
Vatan deya qalam tebratdim.
O‘n ikkida shoh bo‘ldim,
Sahroyu tog‘lar oshdim.
Andijonu Samarqand
Yo‘llarida adashdim
Goh quvondim o‘rtandim.
Gohida yondim shoshdim
Men Zahiriddin Muhammad Bobur.
Bir qo‘limda qalam-u
Birida qilich tutdim.
Urushdim mag‘lub bo‘ldim,
Yutdimu g‘azal bitdim.
Yurtim deya sarg‘aydim,
Bu yo‘lda gado bo‘ldim
Men Zahiriddin Muhammad Bobur.
Tavsiya etamiz : Boburnomadan olgan taasurotlari insho
Anda jon qoldi
Andijon shahridan uchib bir yulduz,
Hindiston tojiga gavhardek qo‘ndi.
Otash yuragida aylanar bir so‘z,
Anda jon qoldi-ki, anda jon qoldi.
Xalqing buyuk o‘g‘ling, buyuk sholi o‘g‘ling,
Boburning qalbida bir armon qoldi.
Nolasi kuydurar to abad bag‘ring,
Anda jon qoldi-ki, anda jon qoldi.
Dunyo charxpalagi tinmay aylanar,
Talato‘p zamonlar o‘taveradi.
Asrlar qa’ridan bir so‘z ingranar,
Anda jon qoldi-ki, anda jon qoldi.
Tavsiya etamiz : Bobur g’azallari
Zahiriddin Muhammad Bobur.
Ona tuprog’in sog’inib
Sog’inchdan yuzlari so’ligan
Hindiston sari yuzlanib
Yurtin shamolin izlagan
Dil sog’inch ishorlarin
Qalamga bitti Bobur
Bevafo gul sanamlarin
G’azaliga bitdi Bobur
G’azal mulki sultoni
Mohir shoh sarkarda
Butun dunyoni shoni
Yod olurmiz har yerda
Qoldirib siz bizlarga
Tuganmas bitmas boylik
Siz qoldirgan izlarga
Olam bo’lar chiroylik.
Tavsiya etamiz : Bobur biografiyasi
Boburni eslab.
Dunyo uni dilin vayron qilsada,
Har yerdan qaqshatqich zarba bersada,
Temuriyman dedi ,qayda bo‘lsada,
Boburni eslamasam ayb bo‘lmasmu,
Ruhini shod aylab ko‘ngil to‘lmasmu.
Ashorlarin tinglab sevdim Vatanni,
Ruhi Andijonda, Hinddadur tani,
Mardlarcha ko‘targan dardu-sitamni,
Boburni eslamasam ayb bo‘lmasmu,
Ruhini shod etib ko‘ngil to‘lmasmu.
Boburnomani yozib qoldirgan meros,
Asarda qancha g‘am,qancha ehtiros,
Uning shoirligi,shohligi ham rost
Boburni eslamasam, ayb bo‘lmasmu,
Ruhini shod etib,ko‘ngil to‘lmasmu.
Ey Ziyoda ,shoirlarga havasda bo‘lgin
Ular duosi bilan hurmatda yurgin,
Bugun ashor bitmasang ayb bo‘ladur,
Bobur ruhin shod aylab ,ko‘ngling to‘ladur.
Tavsiya etamiz : Bobur biografiyasi
Muhammad Bobur haqida sherlar to’plami sizga yoqqanidan xursandmiz.