Zahiriddin Muhammad Bobur g’azallari va ruboiylari to’plami

Zahiriddin Muhammad Bobur g’azallari va ruboiylari to’plami.

Topmadim g’azali

Jonimdin o‘zga yori vafodor topmadim,
Ko‘nglimdin o‘zga mahrami asror topmadim.
Jonimdek o‘zga jonni dilafgor ko‘rmadim,
Ko‘nglim kibi ko‘ngulni giriftor topmadim.
Usruk ko‘ziga toki ko‘ngul bo‘ldi mubtalo,
Hargiz bu telbani yana hushyor topmadim.
Nochor furqati bila xo‘y etmisham, netay,
Chun vaslig‘a o‘zumni sazovor topmadim.
Bore boray eshigiga bu navbat, ey ko‘ngul,
Nechaki borib eshigiga, bor topmadim.
Bobur, o‘zingni o‘rgata ko‘r, yorsizki, men,
Istab jahonni, muncha qilib, yor topmadim.

Tavsiya etamiz : Bobur haqida sherlar

Charxning men ko’rmagan

Charxning men ko’rmagan jabru jafosi k’oldimu?!
Xasta ko’nglim chekmagan dardu balosi k’oldimu?!
Meni xor etti-yu k’ildi muddaini parvarish,
Dahri dunparvarning o’zga muddaosi k’oldimu?!
Meni o’lturdu jafoi javr birla ul k’uyosh,
Emdi turguzmak uchun mehru vafosi k’oldimu?!
Oshik’ o’lg’och ko’rdim o’limni o’zimga, ey rafik’,
O’zga ko’nglimning bu olamda harosi k’oldimu?!
Ey ko’ngul, gar Bobur ul olamni istar, k’ilma ayb,
Tengri uchun de bu olamning safosi k’oldimu?!

“Yaxshilig‘” radifli g’azal

Kim ko‘rubdur, ey ko‘ngul,ahli jahondin yaxshilig‘,
Kimki, ondin yaxshi yo‘q, ko‘z tutma ondin yaxshilig‘.
Gar zamonni nayf qilsam ayb qilma, ey rafiq,
Ko‘rmadim hargiz, netoyin, bu zamondin yaxshilig‘!
Dilrabolardin yomonliq keldi mahzun ko‘ngluma,
Kelmadi jonimg’a hech oromi jondin yaxshilig’.
Ey ko‘ngul, chun yaxshidin ko‘rdung yamonliq asru ko‘p,
Emdi ko‘z tutmoq ne ma’ni har yamondin yaxshilig’?
Bori elga yaxshilig’ qilg’ilki, mundin yaxshi yo‘q
Kim, degaylar dahr aro qoldi falondin yaxshilig!
Yaxshilig’ ahli jahonda istama Bobur kibi,
Kim ko‘rubdur, ey ko‘ngul, ahli jahondin yaxshilig’?

Tavsiya etamiz : Boburnomadan olgan taasurotlari insho

***

Jonimdin o‘zga yori vafodor topmadim,
Ko‘nglimdin o‘zga mahrami asror topmadim.

Jonimdek o‘zga jonni dilafgor ko‘rmadim,
Ko‘nglim kibi ko‘ngulni giriftor topmadim.

Usruk ko‘ziga toki ko‘ngul bo‘ldi mubtalo,
Hargiz bu telbani yana hushyor topmadim.

Nochor furqati bila xo‘y etmisham, netay,
Chun vaslig‘a o‘zumni sazovor topmadim.

Bore boray eshigiga bu navbat, ey ko‘ngul,
Nechaki borib eshigiga, bor topmadim.

Bobur, o‘zingni o‘rgata ko‘r, yorsizki, men,
Istab jahonni, muncha qilib, yor topmadim.

Ruboiylari.

Tuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur,
Yuz oh, Zahiriddin Muhammad Bobur.
Sarrishtayi ayshdin ko‘ngulni zinhor,
Uz oh, Zahiriddin Muhamrnad Bobur.

* * *

Dushmanniki, bu dahr zabardast qilur,
Naxvat mayidin bir necha kun mast qilur.
G‘am yemaki, yetkursa boshini ko‘kka,
Oxir yana yer kibi oni past qilur.

Tavsiya etamiz : Bobur haqida sherlar

***

Meni behol aylagan yor oydurur —
Kim, oning vasli menga yoroydurur.
Gar visoli bo‘lmasa, ketar yerim
Yo Xuroson, yo Xitoy, yo Roydurur.

* * *

Ulki, har ko‘zi g‘azoli Chindurur,
Qoshida payvayeta oning chindurur.
Chunki ko‘p yolgon aytti ul manga,
Gar desam yolg‘onchi oni chindurur.

Tavsiya etamiz : Boburnomadan olgan taasurotlari insho

Lola.

Xating aro uzoring sabza ichinda lola,
Ul chashmi pur xumoring loladag’i g’azola.
Barcha parilar, ey, jon, girdingda zoru hayron,
Go’yo erur namoyon oy tegrasida xola.
Mehru vafoni ey yor ko’p ko’rdi sendin ag’ror,
Jabru jafoni bisyor qilding mango havola.
Hajringda, ey pariro’, ko’zimdin uchti uyqu,
Har kecha tongga tegra ishimdur ohu nola.
Yuz sahfasinda xatlar yoshdinki har taraf bor
Ishqingda Bobur aylar bu nav’ yuz risola.

Sening ishqingda.

Sening ishqingda, ey nomehribon, bexonumon bo‘ldim,
Demon bexonumon, ovvorayi ikki jahon bo‘ldum.

Labing gar bermasa bo‘sa nechuk jon elta olg’aymen,
Bu yo‘ldakim, adam sahrosig’a emdi ravon bo‘ldum.

So‘rub ul oy labidin og’zining ramzini angladim,
Bir og’iz so‘z bila ko‘rungki muncha xurdadon bo‘ldum.

Nechakim qoshi yolar ishqida tuzlukni ko‘rsattim,
Vale oxir malomat o‘qlarig’a-o‘q nishon bo‘ldum.

Kular erdim burun Farhodi miskin dostonig’a,
Bu Shirindurki oning birla-o‘q hamdoston bo‘ldum.

Visoling davlatig’a yetmasam Bobur kibi, ne tong,
Ki hajring mehnatida asr-u zor-u notavon bo‘ldum.

Zahiriddin Muhammad Bobur g’azallari sizlarga manzur bo’lganidan xursandmiz.