Yangi yil bayrami haqida chiroyli sherlar

Yangi yil bayrami haqida chiroyli sher to’plami bolalar uchun foydalanish. Yangi yil bayrami haqida oldingi postlarda ham ma’lumotlar joylashitirilgan edi. Bugun yana yangi yil bayrami she’rlarni taqdim etamiz. Ushbu yangi yil sherlarni yod oling.

Yangi yil keldi.

Yangi yil keldi.

Yangi yil kelaqol,yurakkinamga,
Tanish hislarimni qilaqol ro’yob..!
Izhor aylayqolgin tilakkinamga,
Ortiq berolmasman, sog’inchlarga tob.!

Yangi yil kechasi o’tar imillab,
Mast alast haloyiq,kezarlar bedor.
Notanish hislarni menga shivirlab,
Ohista,siypalab mayin yog’ar qor..!

Ko’ksimda izillar,sovuq hissiyot,
Yolg’izlik domidan keladi ketgim.
Yo’llarim yagona,hayot yo momot,
Ko’nglim zorlarini kelar unutgim..!

Barcha jufti bilan,kayfiyat a’lo,
Qo’ltiqlab kezadi,bayram maydonin.
Osmonda oylarni gardishi qaro,
Hushnud kutgim kelar,yangi yil onin..!

Lekin hushnudlikdan,begonaman kez,
Yiroqda shivirlar,sevgi hislari..!
Oh..bu jonim kuymoqdadir tez..,
Budir ayriliqning nohush izlari…!

Jonim sezayapman o’zimni yakka,
Qo’limdan ushlagin,boqay intiqib..!
Bu shahar yutmoqda umidlarimni,
O’zimni tobora boryapman siqib,,!

Sog’inching bunchalar bo’lmasa shirin,
O’tgan yil umidlar chiqdi puchakka..!
Aytolmay qolgandim ko’ngilni sirin,
Aylanib bormoqda tanish cho’pchakka..!

Qo’limdan tutaqol,sezayin tafting..!
Lablaring ta’mini sezay yutoqib,,!
Sog’inchim yukidan egilsin kafting.,
Yonib ketayapman,ishqimni yoqib..!

Muhabbat dardlarin yiroqqa otib,
Yurakka mehmonmi bugin yangi yil..?!
O’tgan yillarini pullagan sotib,
Azobin tatmoqda yutoqib bu dil..!

Yangi yil kelaqol,yurakkinamga,
Tanish hislarimni qilaqol ro’yob..!
Izhor aylayqolgin tilakkinamga,
Ortiq berolmasman,sog’inchlarga tob.!

Yangi yil bahtlarni etaqol tortiq..!
Zora umidlardan orom olsin jon.

Tavsiya etamiz : Archa haqida sherlar

Yangi yil uchun ssenariylar to’plami

Yangi yilning yangi tonggi muborak!

Yangi yilning yangi tonggi muborak!

Umrning yana bir bongi muborak,
Qilaylik pokiza yangi bir tilak,
Yana bir kun hadya etibti Hudo,
Yangi yilning yangi tonggi muborak!

Urishdan tinmasin doimo yurak,
Qadrligim menga faqat siz kerak,
Diydorni chorasin yetkazdi Hudo!
Yangi yilning yangi tonggi muborak!

Koʼngilda bir olam yigʼildi istak,
Har biriga albat yetamiz demak,
Аhir bizga imkon bermoqda Hudo!
Yangi yilning yangi tonggi muborak!

Koʼnglinggiz mendayin shod boʼlsa kerak,
Hech narsa kerakmas mehrdan boʼlak,
Habar olmoq nasib etibti Hudo!
Yangi yilning yangi tonggi muborak!

Yangi yil raqslar to’plami >>

Yangi yilingiz qutlug’ bo’lsin -Yangi yil sher.

​Yangi kun keltirsin baht, omad, quvonch,
Hech qachon do’stlardan ketmasin ishonch,
Samimiy bo’lsin suhbatda so’zlar,
Yoshlansa quvonchdan yoshlansin ko’zlar.
Yahshi so’z maqtovlar yangrasin doim,
Omad yaqin do’stingiz bo’lsin ilohim.
Yangi yilingiz qutlug’ bo’lsin,
Nomingiz bundanda ulug’ bo’lsin.
Nimak niyat qilgan bo’lsangiz,
Iloyim barchasi amalga oshshisin!
Tabassumga burkansin dunyo,
Qordek oppoq bo’lsin dilingiz.
Bo’lsin qordek tozа, musaffo.

Qorparcha.

Qorparcha

Eshik qoqib kelmoqda,
Bezayman endi archa.
Shamol kelib yelmoqda,
Derazamda qor parcha.
Rahmim kelib oldimu,
Qor parchani qo’limga.
To’shagimga soldimu,
O’rab qo’ydim to’nimga.
Keyin yana archamni,
Bezash uchun urindim.
Eritib qor parchamni,
To’shagimdan kuyindim.
Bunday g’amli kechani,
Olib ketgin eski yil.
O’tmishim qorparchani,
Qaytarib ber yangi yil.

Tavsiya etamiz : Archa haqida sherlar

Yangi yil qutlug’ bo’lsin do’stim.

Yangi yil qutlug’ bo’lsin do'stim.

Yangi kun keltirsin baht, omad, quvonch,
Hech qachon do’stlardan ketmasin ishonch,
Samimiy bo’lsin suhbatda so’zlar,
Yoshlansa quvonchdan yoshlansin ko’zlar.
Yahshi so’z maqtovlar yangrasin doim,
Omad yaqin do’stingiz bo’lsin ilohim.
Yangi yilingiz qutlug’ bo’lsin,
Nomingiz bundanda ulug’ bo’lsin.
Nimak niyat qilgan bo’lsangiz,
Iloyim barchasi amalga oshshisin!
Tabassumga burkansin dunyo,
Qordek oppoq bo’lsin dilingiz.
Bo’lsin qordek tozа, musaffo.

Yangi yil tabriklar va tilaklar >>

Yangi yilga yetdik Hudoga shukur.

Mayliga hovlimiz qorga to’lsa ham.
Archa atrofida barchamiz masrur.
Mayliga qorbobo soxta bo’lsa ham.
Yangi yilga yetdik Hudoga shukur.

Eski yilda qolsin, ginayu kudrat.
Xafalashgan do’stga ko’rsating xurmat.
Xayot og’ir qadam tashlagan fursat.
Yangi yilga yetdik Hudoga shukur.

Eski yilda qolsin barcha dardimiz.
Eski yilda qolsin armonlarimiz.
Yangidan kuch olib darmonlarimiz.
Yangi yilga yetdik Hudoga shukur.

Yangi yil bayrami muborak.

Yangi kun keltirsin baht, omad, quvonch,
Hech qachon do’stlardan ketmasin ishonch,
Samimiy bo’lsin suhbatda so’zlar,
Yoshlansa quvonchdan yoshlansin ko’zlar.
Yahshi so’z maqtovlar yangrasin doim,
Omad yaqin do’stingiz bo’lsin ilohim.

Qorbobojon qorbobo.

Qorbobojon qorbobo
Sovgʼalari bor bobo
Аgar qopi boʼlmasa
Loʼlilarday xor bobo
Tezroq kelib qorbobo
Yangi yilni boshlab ket
Qorqizingni bir oyga
Bizni uyga tashlab ket
Chanada kel qorbobo
Menga desa gʼozda kel
Duxing yetsa mabodo
Baxorda kel yozda kel
Аyfonim sotdim yangi
Bitta samsung olib kel
Yoʼl yoʼlakay paynetdan
Shyotiga pul solib kel
Biz seni koʼp kutmaymiz
Chaqirganda chopib kel
Karzin tulamay ketgan
Doʼstlarni xam topib kel
Qorbobojon qorbobo
Sal normalniy kiyin san
Sovgʼalaring boʼlmasa
Xamma joyda bir tiyin san
Sen kelsang ey qorbobo
Yangi yil xam toʼlardi
Qariganda qizil kiyim
Kiymasang xam bulardi.

Archajon.

archajon

Yam yashil kiyingan to’nli bir daraxt,
Qaddini roslagan viqorday turib.
Dilda quvonch, shodlik qo’llarda qadah,
Yangi yil kelmoqda eshikni urib.

Ko’zlarim intizor suyunar yurak,
Qorbobo qanikan qorqizdir bo’lak
Qorbobo deb chaqir balki kelar,
Kelmasa qorqiz ham yozgacha qolar.

Yangi yilni kutamiz

Sizni kutadi Vatan,
Kutar yorug’ Istiqlol.
Bolalar ochib dilni
Kitaylik Yangi yilni.

Yangi yil oqshomi

yangi yil oqshomi

Ko‘ngil ma’yus tortdi yilning so‘ngida,
Bilmam, nimang bilan sehrlading, qor.
Bugun kuppa-kunduz ko‘zim o‘ngida,
Yana bir yoshimni o‘g‘irlading, qor.

Qirqinchi qasrimga o‘taymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?
Bahorim yetgudek qo‘lim uzatsam,
Yetolmay dilimni ne deb yupatsam.

Laylakqor, azizim, g‘alat bayram bu —
Kulib kuzatsammi, yig‘lab kuzatsam…
Dardim jim ichimga yutaymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?

So‘rsang, sevinchimdan o‘kinchim ko‘proq,
Sendan-da kumushroq sochimdagi oq.
Yilim kelmay turib, yilim ketmoqda,
Ko‘zda tabassum-u kiprikda titroq.

Men ham sal shoshdim-da, qaytaymi endi,
Kechagi yoshligim ertakmi endi?
Yangi yil, Kelaver qanday kelsang ham,
Kimlar yetdi senga, kimlar yetmadi.

Sen yangi yo‘ldoshsan, sen yangi hamdam,
Yo‘qlab kelganingni o‘zi bir bayram.
Qulog‘ingga bir gap aytaymi, endi,
Kechagi yoshligim ertakmi, endi.

Keldi yangi yil

Keldi mana yangi yil,
Sog’intirib dillarni,
Doim bahtga to’ldiring,
Sog’ingan ko’ngillarni.

Yuzingizdan tabassum,
Arimasin sira ham,
Qutlayman chin qalbimdan,
Bayramingiz bilan man.

Bir chetga surib g’amni,
Quving dildan alamni,
Sizni tabriklay deya,
Qo’lga oldim qalamni.

Manba