Munadarija
Bodomsimon bezlar – angina.
Bodomsimon bezlar – halqumda joylashgan boʼlib, ularning yalligʼlanishi tonzillit, xalq orasida esa angina deb ataladi. Baʼzida, ogʼir holatlarda shifokor koʼrsatmasiga binoan bodomsimon bezlarni olib tashlash zarur boʼlib, bu tonzilloektomiya deb ataladi.
![]() |
Sabablari:
- ▪️Bodomsimon bezning surunkali yalligʼlanishi;
- ▪️Yalligʼlanish va tomoqda ogʼriq tez-tez takrorlanishi;
- ▪️Аnginaning koʼp takrorlanishi, dori vositalari bilan davolash samarasizligi;
- ▪️Surunkali kasalliklar fonida yiringli jarayonlarning kuchayishi;
- ▪️Bodomsimon bezlari kattalashishi natijasida nafas olishni qiyinlashuvi kabilar tonzilloektomiyaga koʼrsatma hisoblanadi.
Bezlarni olib tashlanishi uzoq muddatli immunitetga jiddiy taʼsir qilmaydi, bodomsimon bezlarning vazifalari boshqa immun hujayralari tomonidan qisman qoplanadi.