Аbiturientlarni onlayn roʼyxatga olish muddatlari uzaytirildi

my.dtm.uz ro'yxatdan o'tishVazirlar Mahkamasining 2022 yil 13 iyuldagi 1-son bayoniga muvofiq, 2022-2023-oʼquv yili qabulida abiturientlarni onlayn roʼyxatga olish muddatlari uzaytirildi.

❗️ Unga koʼra, 2022-2023-oʼquv yili qabulida abiturientlarni onlayn roʼyxatga olish 2022 yil 27 iyulga qadar (27 iyulь kuni ham) davom etadi.

‼️Chet tilidan kasbiy (ijodiy) imtihon oʼtkaziladigan bakalavriat taʼlim yoʼnalishlariga roʼyxatga olish esa 17 iyulga qadar (17 iyulь kuni ham) amalga oshiriladi.

Mazkur muddat davomida abiturientlar oʼz maʼlumotlarini oʼzgartirishlari hamda chet tilidan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega boʼladigan boʼlsa, sertifikat maʼlumotlarini tizimga kiritishlari mumkin.

Tavsiya etamiz :  ro’yxatdan o’tish >>

Tavsiya etamiz : javoblar varaqasi 2022 >>

manba