Apellatsiya shikoyatlari professional ta’lim muassasalari tomonidan qabul qilinadi

Apellatsiya shikoyatlari professional ta’lim muassasalari tomonidan qabul qilinadiVazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 715-son qaroriga muvofiq professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlari yuzasidan apellatsiya shikoyatlari professional ta’lim muassasalari tomonidan qabul qilinadi.

Apellatsiya shikoyatlari berish

🔖 Unga ko‘ra test sinovlari natijasidan norozi bo‘lgan abituriyent yoki uning ota-onasi yoxud ularning o‘rnini bosuvchilar (vasiylar) test sinovlari to‘liq yakunlanib, tanlov natijasi e’lon qilingandan so‘ng ikki kun davomida professional ta’lim muassasasida tashkil etilgan apellatsiya komissiyasiga yozma yoki elektron shaklda apellatsiya shikoyatini berish huquqiga ega.

📋 Bunda apellatsiya shikoyati qabul qilinganligi to‘g‘risida abituriyentga xabarnoma beriladi.

📌 Apellatsiya shikoyatini bergan abituriyent xabarnomada belgilangan kunda o‘zining pasporti (tug‘ilganlik haqida guvohnoma) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelishi shart.

✅ Apellatsiya shikoyati ikki ish kunida apellatsiya komissiyasi tomonidan abituriyentning yozma javoblari asosida ko‘rib chiqiladi.

Tavsiya etamiz : Umumiy natijani ko’rish >>

Manba