Joriy yilgi test sinovlarida ham beshtagacha taʼlim yo‘nalishini tanlash imkoniyati mavjud;
✅ 5 ta yo‘nalish degani, 5ta OTM degani emas. Yaʼni abituriyent albatta 5ta universitet yoki institutni tanlashi shart emas. Bitta OTMning 5 ta yo‘nalishini tanlash ham mumkin;
❗️5 ta yo‘nalish tanlayotganda eng asosiy 1 ta shart bor: mutaxassislik blokidagi fanlar ketma-ketligi mos kelishi kerak.
❓fanlar ketma-ketligi mos bo‘lsin deganda, 3,1 va 2,1 ball beriladigan 2 ta fan to‘g‘ri ketma-ketlikda joylashishi kerak.
‼️ O’tgan yildan boshlab taʼlim shakli bir xil bo‘lishi shart emas. Yaʼni endi bir paytning o‘zida ham sirtqi, ham kunduzgi, ham kechki, ham masofaviy taʼlimni tanlash mumkin.
Hujjat topshirish yo’riqnomasi
⛔️ Ijodiy (kasbiy) imtihon bor yo‘nalishlarda faqat bitta yo‘nalish tanlash mumkin, 5 tagacha yo‘nalish tanlab bo‘lmaydi. Bu cheklov ham ijodiy, ham test topshiriladigan yo‘nalishlarga ham taalluqli;
🎓 Magistraturada ham faqat 1 ta mutaxassislik tanlash mumkin;
✅ 5 ta yo‘nalishlarni tanlayotganingizda ahamiyatliroq bo‘ling. Chunki tanlangan birinchi yo‘nalish ustunlikka ega. Yaʼni siz javoblar chiqqandan keyin balim yetgan istalgan yo‘nalishni o‘zim tanlayman, deb xato o‘ylamang. Mandatdan keyin qayerda o‘qishni tanlay olmaysiz, buni hujjat topshirayotganda yaxshilab o‘ylang. Siz tanlagan ketma-ketlik bo‘yicha tizimning o‘zi qayerga kirganingizni avtomat chiqarib beradi. Javoblar chiqqach, “men ikkinchi yo‘nalishda emas, to‘rtinchisida o‘qimoqchiman” deya olmaysiz.
Hujjat topshirish yo’riqnomasi
Iltimos, 5 ta yo‘nalish tanlayotganda o‘z imkoniyatlaringizni yaxshilab hisobga oling, o‘qishga sharoitingiz bor joyni tanlang. “Keyingi yil perevod qivolaman” degan maqsadda, garchi sharoitingiz bo‘lmasa ham, uzoq viloyatlarni tanlamang. Chunki deyarli perevod qilolmaysiz, bu aniq. Farg‘onalik bo‘lsangizu, lekin Surxondaryoda o‘qishga imkoniyatingiz bo‘lmasa, unda tavakkal qilmang. Keyin qiynalib, o‘zgalardan norozi bo‘lib yurgandan foyda yo‘q.