Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindiDTM xabar berishicha chet tili, 2022-yil 22-30-dekabr kunlari o‘tkazilgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

Xabarda aytilishicha, test natijalari my.gov.uz saytida e’lon qilingan bo‘lib, talabgorlar “Mening arizalarim” bo‘limida o‘z natijalari bilan tanishishlari mumkin. Bunda test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini my.gov.uz sayti orqali elektron tarzda yuklab oladilar.

Eslatma: o‘z natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlar test natijalari e’lon qilingan kundan boshlab 3 kun ichida (10-12-yanvar) my.gov.uz sayti orqali apellatsiya shikoyati berishlari mumkin.