Chet tili imtihonlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar diqqatiga

Magistratura va doktorantura.

Magistratura va doktorantura ga o‘qishga kirish uchun chet tilidan sertifikat olish istagidagi talabgorlarning murojaatlaridan kelib chiqqan holda ularga qo‘shimcha imkoniyat yaratish maqsadida talabgorlarni ro‘yxatga olish muddati uzaytirildi.

Unga ko‘ra, chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 17-19-noyabr kunlari my.gov.uz sayti orqali chet tili imtihonlariga ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Tavsiya etamiz : Chet tili test namunalari

 

Bunda test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi 26-27-noyabr kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 30-noyabr va 1-7-dekabr kunlari o‘tkaziladi.

📚 Test sinovlar barcha hududlarda tashkil etiladi va ingliz, nemis, fransuz, ispan, italyan, xitoy, koreys, yapon, turk, arab, fors, dariy, urdu, hindiy va pushtu tillaridan bo‘lib o‘tadi.

Tavsiya etamiz : Chet tili test namunalari

 

manba