DTM saytida to’lovni amalga oshirish

Оглавление/Munadarija

my.dtm.uz to’lov qilish.

my.dtm.uz saytidan to’lov qilish yo’riqnomasini havola etamiz. Ushbu yo’riqnoma yordamida to’lovni amalga oshirish mumkin.

JAVOB: yoki onlayn to’lov tizimlari orqali, yoki istalgan bank kassalaridan to’lash mumkin.

Agar siz maktab, litsey yoki kollejni avvalgi yillarda tugatgan bo’lsangiz, unda DTM saytida ro’yxatdan o’tib, yo’nalishlarni tanlaganingizdan so’ng, maxsus chek paydo bo’ladi (1-rasm).

Tavsiya etamiz : ro’yxatdan o’tish yo’rqnomasi

Javoblar varaqasi na’munasi >>

Ushbu chekda 14 ta raqamdan iborat invoys raqami bor.

O’sha invoys raqamini elektron to’lov tizimlarida DTM degan joyga kiritib to’lashingiz mumkin.

Yuqoridagi suratlarda PayMe, Click, Apelsin, UPay kabi to’lov tizimlaridan skrinshot keltirganman. Ushbu tizimlar ichida to’lov qilinadigan sahifasini topish juda oson, shunchaki qidiruv qismiga DTM deb yozsangiz kifoya.

Agar onlayn to’lash imkoningiz bo’lmasa, unda banklarga o’zingiz borib, DTM saytidagi chek rasmini ko’rsatib, to’lov qilishingiz ham mumkin.

150 ming so’mlik to’lovni bo’lib-bo’lib to’lash mumkin. Faqat asosiysi 20-iyulgacha 100% to’lov qilingan bo’lishi kerak.

To’lov qilmaganlar testga kiritilmaydi (joriy yil bitirganlar yoki to’lovdan ozod qilingan toifadagilar bundan mustasno).

Do’stona maslahat. To’lovni oxirgi kun va oxirgi daqiqalargacha cho’zib yurmang. O’sha paytda serverga yuklama ko’payib, texnik muammoga duch kelishingiz mumkin. Bu esa asabingizni buzadi, “endi nima bo’ladi, testga kirolmay qolsamchi” degan xavotiringizni kuchaytiradi. Yaxshisi tinchgina vaqtliroq to’lab qo’yavering.

Tavsiya etamiz : ro’yxatdan o’tish yo’rqnomasi