Kollej va texnikumlarda toʻlov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi

Kollej va texnikumlarda toʻlov-kontrakt miqdorlari.

Professional taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan oʻquvchilarga qulay sharoitlar yaratish, mamlakatimiz yoshlarini kasb-hunar egallashlari uchun imkoniyatlarni kengaytirish, ularning ota-onalarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida hamda aholi toʻlov qobiliyatini inobatga olgan holda, istisno tariqasida. kollej va texnikumlarda 2022/2023-oʻquv yili uchun barcha bosqichdagi oʻquvchilarning toʻlov-kontrakt asosida oʻqitish qiymati miqdorlari 2021/2022-oʻquv yili uchun belgilangan miqdorlarda saqlab qolinadi.

Kontrakt shartnoma olish yo’riqnomasi >>

Ma’lumot uchun, joriy yil kollej va texnikumlarga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha 15 815 nafar o‘quvchi davlat granti asosida qabul qilindi.

Kollej texnikum kontrakt narxlari haqida >>>

Shuningdek, professional taʼlim muassasalariga ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan oʻquvchilar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari belgilangan tartibda qabul parametrlaridan tashqari qoʻshimcha davlat granti asosida qabul qilinadi.

Texnikum yakuniy natijalarini ko’rish >>

Manba