Matematika va biologiya fanlaridan milliy sertifikat ro‘yxatga olish

Matematika va biologiyaBugun, 2023-yil 30-yanvar kuni matematika va biologiya fanlarini bilish darajasini baholash test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi. Bu haqda bilim va malakalarni baholash agentligi xabar bermoqda.

Ro’yxatdan o’tish 8-fevralgacha

➖ Ro‘yxatga olish my.dtm.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limi orqali amalga oshirilmoqda va 8-fevral (to‘lov qilish 9-fevral) ga qadar davom etadi.

Imtihon 19-fevralda bo’ladi

➖ Test sinovi esa 2023-yil 19-fevral (yakshanba) kuni bo‘lib o‘tadi va o‘zbek, rus, qoraqalpoq tillarida o‘tkaziladi.

Test sinovi barcha hududlarda tashkil etiladi va talabgorlar test sinovi o‘tkaziladigan joylar sig‘imidan kelib chiqqan holda ro‘yxatga olinadi.

💳 Ishtirok etish narxi: 450.000

📚 Milliy sertifikat test namunalari

📚 ​Milliy sertifikat qanday imtiyoz beradi?