Pedagogik faoliyatga oid ish staji qanday aniqlanadi?

Sirtqi ta’lim shaklidagi quyidagi ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun pedagogik faoliyatga oid kamida 5 yillik ish staji talab etiladi:

🔹 boshlang‘ich ta’lim;

🔹 tasviriy san’at va muhandislik grafikasi;

🔹 musiqa ta’limi;

🔹 jismoniy madaniyat;

🔹 texnologik ta’lim.

Ro’yxatdan o’tish yo’riqnomasi >>

👨🏻‍💻 Ushbu ta’lim yo‘nalishlariga xalq ta’limi tizimida kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lib, hozirda ushbu tizimda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan pedagog xodimlar abituriyent sifatida ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

🖥 Abituriyentlarning mazkur toifaga kirish yoki kirmasligi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining tegishli axborot tizimi orqali aniqlanadi.

✅ Abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan vaqtda vazirlikning axborot tizimi orqali staj bor yoki yo’qligi avtomat tekshiriladi.

❗️ Agar abituriyent 5 yillik pedagogik stajga ega bo‘lsa-yu, lekin tizimda bu tasdiqlanmasa, unda o‘zi faoliyat yuritayotgan ta’lim muassasasiga (maktabga) murojaat qilishi lozim.

❇️ Boshqa pedagogik ta’lim yo‘nalishlari uchun esa pedagogik faoliyatga oid staj talab etilmaydi va ularga istalgan abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.