O’qishini Imtihonsiz ko’chirganlar.Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabariga ko’ra, Rossiyaning 8 ta hududidagi o‘qishini ko‘chirishga istisno tariqasida ruxsat berilgan bir guruh talabalar ro‘yxati tasdiqlandi
Ushbu ro‘yxatga kiritilgan talabalar o‘zlari hujjat topshirgan oliy ta’lim muassasasining o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha mas’ullariga uchrashishlari so‘raladi.
Belgilangan tartibda my.dtm.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tgan, ammo ushbu tasdiqlangan ro‘yxatda ism sharifi keltirilmagan fuqarolar bo‘yicha tegishli tashkilot xulosasi kutilmoqda. Natijasi yuzasidan yaqin kunlarda qo‘shimcha ma’lumot e’lon qilinadi.