Munadarija
Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qarori bilan umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimi joriy etilgan.
⏳ Mazkur qaror asosida 2022-yil 25-27-noyabr kunlari matematika, fizika, kimyo, biologiya fanlaridan milliy sertifikat uchun test sinovlari o‘tkaziladi.
Milliy sertifikat ro’yxatdan o’tish
📆 Test sinovi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti orqali 24-oktabrdan 12-noyabrga qadar amalga oshiriladi.
📍 Bunda talabgorlar test topshirish hududi sifatida o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlashlari va mazkur hududda test sinovida ishtirok etishlari mumkin.
📚 Shuningdek, talabgorlar test topshirish tili sifatida o‘zbek, rus va qoraqalpoq tillaridan birini tanlab, mazkur tilda imtihon topshirish imkoniyatiga ega.
📋 Test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddatga amal qiluvchi sertifikat taqdim etiladi.
✅ Mazkur sertifikatga ega abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga kirishda quyidagicha ballar beriladi:
🔹 eng yuqori ballning 60 foizdan 85 foizigacha to‘plaganlarga sertifikatdagi o‘zlashtirish foiziga mos ravishda ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball;
🔹 eng yuqori ballning 86 foizi va undan yuqori ball to‘plaganlarga ushbu fandan belgilangan maksimal ball;
🔹 tegishli majburiy fanlar bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball.
Milliy sertifikat namunalari
Na’munalarini ko’rish uchun quyidagi havolaga o’ting : o’tish >>