Munadarija
Tizimning har bir foydalanuvchisi mustaqil ravishda elektron pochta manzilini o‘zgartirishi va tasdiqlashi mumkin.
Elektron pochta manzilini qanday o‘zgartirish mumkin?
Profilingizdagi pochtani o‘zgartirish uchun quyidagi harakatlarni bajaring:
Profil sozlamalari bo‘limida «Xavfsizlik» yorlig‘iga o‘ting;
«Kirishni tiklash» bo‘limidagi «Elektron pochta» maydonida kerakli elektron pochtani ko‘rsating;
o‘zgarishlarni saqlash uchun «Joriy parol» maydonida tizimga o‘z profilingiz uchun parolni kiriting;
«Saqlash» tugmasini bosing.
Mustaqil ravishda parolni tiklash yo’riqnoma
Elektron pochta manzilini qanday tasdiqlash mumkin?
Akkauntni faollashtirgandan so‘ng, ham uni o‘z kuchingiz bilan o‘zgartirish holatlarida «Xavfsizlik» yorlig‘ida elektron pochta manzilini tasdiqlash kerak.
Tasdiqlash uchun quyidagi harakatlarni bajaring:
«Xavfsizlik» yorlig‘idagi elektron pochta maydonining ostida «tasdiqlash uchun xabar yuborish» amalini tanlang;
aktivlashtirish paytida ko‘rsatilgan elektron pochtaga kiring va Tizimdan yuborilgan xabarni oching;
xabarda ko‘rsatilgan havola orqali o‘ting.
Eslatma: agar pochtaga xabar kelmagan bo‘lsa, “Spam” papkasini tekshirishingiz kerak.
Tizimda qayd yozuvini ro‘yxatdan o‘tkazish va aktivlashtirish vaqtida elektron pochtani tasdiqlash haqida xabar avtomatik ravishda yuboriladi.
Kundalik com Xodimlar uchun login va parolni tiklash tartibi