Agronomiya va Kasbiy ta’lim bakalavriat ta’lim yo’nalishlari talabalari uchun kurs ishini bajarishga oid uslubiy ko’rsatmalar va topshiriqlar

Agronomiya va Kasbiy ta’lim bakalavriat ta’lim yo’nalishlari talabalari uchun kurs ishini bajarishga oid uslubiy ko’rsatmalar va topshiriqlar.  Kurs ishi o’zida madaniy dala ekinlarining xalq xo’jaligidagi ahamiyati, biologiyasi va yetishtirish texnologiyasi bo’yicha fermer xo’jaliklari misolida, ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy o’quv yurti kafedralari ilmiy-tadqiqotchilari va izlanuvchilarining ilmiy tajribalari natijalarini nazariy va amaliy jihatidan toliq yoritib berishini talab etaladi. Shuning uchun talaba kurs ishini bajarishda ushbu fandan olgan nazariy bilimlarini umumlashtirib o’zi mustaqil ravishda kurs ishini bajarishi talab etiladi. Kurs ishidagi ma’lumotlar aniq bir fermer xo’jaliklari, ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy o’quv yurti kafedralari yoki xo’jaliklari bo’yicha ko’rsatilishi kerak. Kurs ishini bajarish davomida talaba o’quv darslikdan tashqari turli ilmiy adabiyotlar, ma’lumotnomalar, hisobotlar va monografiyalardan foydalanadi. Talaba keyinroq shu mavzu asosida bitiruv malakaviy ishini bajarsa ham bo’ladi.