Munadarija
Qirg’iziston davlati tarixi.
VI asrdan XII asrgacha hozirgi Qirg‘iziston hududlari Turk xoqonligi tarkibiga kirgan. XIII asrda mo‘g‘ullar tomonidan bosib olingan Qirg‘iziston XVII asrda Oyrat xonligi, XIX asr boshlarida Qo‘qon xonligi tarkibiga kiritildi.
1870-yil Rossiya imperiyasining Turkiston general-gubernatorligi tarkibiga kiritildi. 1918-yilda Turkiston Respublikasining bir qismi, 1924- yildan Qora-Qirg‘iz Avtonom viloyati, 1924-yildan Qirg‘iziston avtonom viloyati (oblasti), 1936-yilda Ittifoq Respublikasi maqomini oldi.
![]() |
Qirg’iziston davlati haqida va rasmlari |
Sovet Ittifoqi parchalanib ketgandan keyin Qirg‘iziston mustaqilligi 1991-yil 31-avgustda e’lon qilindi. 2005-yilda «Lolalar inqilobi» natijasida Asqar Akayev o‘rniga prezident etib Kurmanbek Bakiyev saylandi.