Yaponiya tarixi

Оглавление/Munadarija

Yaponiya tarixi haqida.

Millotdan avvalgi 660-yilda imperator Dzimmu dastlabki davlatga asos soladi. Bir necha asrlar mobaynida Yaponiya Xitoy va Koreya madaniyati ta’siri ostida qolgan. Aynan shu davlatlardan VI asrda Yaponiyaga buddaviylik dini kirib keladi.

522-yilda Yamato sulolasi hokimiyatga keladi va Nara shahrini poytaxt deb e’lon qilib, Xitoy ma’muriy boshqaruv tizimini Yaponiyada joriy etishadi. 794-yildan Xeyan davri boshlanib, poytaxti Kiotoga ko‘chiriladi. IX asrda yapon yozuvi shakllanadi.

XI asrdan rasman hukmdor bo’lib, amalda hokimiyat syogun qo‘liga o‘tadi. Mamlakat poytaxti Kamakuraga ko‘chiriladi. Samuraylar mamlakatda dzen-buddizmning tarqalishiga o’z hissalarini qo‘shishadi. 1274- va 1281-yillarda yaponlar mo‘g‘ullar hujumini qaytarishadi.

Yaponiya Yaponiya davlati haqida ma’lumotlar to’liq >>

 

0‘zaro urushlardan so‘ng 1615-yilda Tokugava syogunati boshlanadi. XVII asrda Yaponiyada yevropaliklar — avval portugallar, keyinroq gollandlar paydo bo’ladi. Shunga qaramay Yaponiya XIX asrning o‘rtalarigacha chet elliklar uchun yopiq bo‘lgan.

1867- yilda Tokugava sulolasining so‘nggi syoguni Esinobu hokimiyatni imperator Mukixotoga topshiradi. Poytaxt Edu (Tokio)ga ko‘chiriladi. Yaponiya kuchli davlatga aylangach, 1894-yilda Tayvanni, 1905-yilda Rossiyani Susima jangida mag‘lub etib Port-Artur va Janubiy Saxalinni egallab oladi. 1910-yilda Koreyani, ikkala jahon urushlari oralig’ida Tinch okeanidagi qator orol- larni bosib oladi.

1931-yilda yapon qo‘shinlari Manchjuriyaga bostirib kiradi, 1937-yilda Xitoyning qolgan hududlariga bosqinchilik boshlanadi. Ikkinchi jahon urushiga Yaponiya 1941-yilning 7 dekabrida AQSHning Pyorl-Xarbor harbiy bazasiga hujum qilish bilan kiradi.

Urush davrida Yaponiya Angliya va Fransiyaning Janubiy-Sharqiy Osiyodagi mustamlakalarini bosib oladi. Ittifoqchi qo‘shinlaming hujumi, Xirosima va Nagasakiga atom bombalarining tashlanishi natijasida Yaponiya 1945-yilning 2-sentabrida taslim bo‘lganini e’lon qiladi.Yaponiya tarixi.

Qozog’iston tarixi haqida >>

O‘z mustamlakalarini yo’qotganligi va urushdan og‘ir ahvolda chiqqanligiga qaramay, siyosiy hayotning demokratlashtirilishi va jadal texnologik taraqqiyot oqibatida Yaponiya iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan hamda eng boy davlatlardan biriga aylandi.

manba