Munadarija
Kasblar haqida chiroyli sherlar. Ushbu maqolada siz aziz bolajonlar va ustozlar uchun kasblarga atab eng sara sherlarni taqdim etamiz. Kasblar haqida sherlar to’plami.
Dehqon
Dehqon bobom yer chopar,
Yer tagidan tilla topar,
O’stirib paxta, bug’doy,
Xalqimni qiladi boy.
Tarbiyachi
Bizlarga qarar doim,
U bog’chadagi oyim,
Bizga ovqat yedirar,
Doim yelib yugurar.
Oshpaz
Qozon tovoq oldida,
Taomlar shirin juda,
Raxmat oshpaz xolalar,
Minnatdormiz bolalar
Tavsiya etamiz : Bayroq haqida sherlar
Shifokor
Shifokor bizga darkor,
Bo’lmangiz hech bemor,
Ular bor biz sog’lom,
Bo’lsinlar ular omon.
Tikuvchi
Qiladilar bo’lak bo’lak,
Matodan tikib kuylak,
O’z ishiga mohirlar,
Qo’li gul chevarlar
Sotuvchi
Kutib olar muloyim,
El hizmatida doim.
Kelib tursa xaridor,
Ishimizda unum bor.
Sartarosh
Дайте ножницы, расчёску,
Он вам сделает причёску.
Парикмахер непременно
Подстрижёт вас современно.
(Сергей Чертков)
Tavsiya etamiz : Vatan haqida sherlar
Uchuvchi
Лётчик знает своё дело,
В небе водит самолёт.
Над землёй летит он смело,
Совершая перелёт.
(Сергей Чертков)
Quruvchi
Mohir usta quruvchi
Uylar qurib beruvchi.
Shahrimiz ko’rkam obod,
Minnatdormiz umrbod.