Koʼz xiralashishining sabablari haqida

Koʼz xiralashishining sabablari haqidaKoʼz xiralashishi.

Har bir koʼzning koʼrish oʼtkirligi uzoqdan va yaqindan koʼrishga tekshiriladi. Koʼz xiralashuvi, koʼpincha, koʼz refraktsiyasining anomaliyalari (miopiya, gipermetropiya va astigmatizm)da paydo boʼladi.

40 yoshdan boshlab esa gavharning zararlanishi sababli koʼzning koʼrish qobiliyati susaya boradi va 50-60 yoshda ancha susayadi. Shu bois yaqindan oʼqish qiyinlashadi.

Koʼz xiralashuviga koʼzning optik sohalarida uchraydigan turli xastaliklar sabab boʼlishi mumkin, shuningdek, keksalikda ham koʼz xiralashuvi kuzatiladi. Koʼz xiralashuvi shabkoʼrlik va rang ajrata olmaslik bilan birga kechishi ham mumkin.

Koʼz xiralashuvining oldini olish uchun glaukomani erta aniqlash va davolash, gigiena va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish lozim.

О рекомендации: Makkajo’xori foydasi

источник