Tongni iliq suv ichish bilan boshlash foydali

Оглавление/Munadarija

Iliq suv ichish.

Ertalabki toʼgʼri harakatlar kunning samarali va shikoyatlarsiz oʼtishiga yordam beradi. Tongni nafaqat foydali nonushta bilan, balki nonushtadan 30-40 daqiqa oldin iliq suv ichishdan boshlash lozim.

Suv ichish foydasi.

  • Och qoringa ichilgan iliq suv hazm tizimi faoliyatini ragʼbatlantirib, organizmdan turli toksinlarni chiqarib yuborishga yordam beradi;
  • Iliq suv organizmdagi moddalar almashinuvi jarayonlarini aktivlashtiradi;
  • Och qoringa asalli iliq suv oshqozon kasalliklarini oldini olishga yordam beradi (qandli diabet bilan kasallangan bemorlarga tavsiya etilmaydi);
  • Limonli iliq suv ichish immunitetni mustahkamlaydi;

Bu qiziq : Sedanali qaynatmaning foydasi

  • Iliq suv organizmdagi qon tomirlarni kengaytiradi va natijada qon aylanishi yaxshilanadi;
  • Yuqori nafas yoʼllaridagi infektsiyalar suv bilan birga oshqozonga tushadi va oshqozon kislotali muhitida nobud boʼladi

Ushbu foydali ma’lumot ijtimoiy tarmoqlar yordamida tayyorlandi. Manba