Yuzlar kuzda qurish sabablari

Оглавление/Munadarija

Yuzlar kuzda qurishi.

Insonlar kuz faslida yuzlarining qurib ketishidan shikoyat qiladi. Chunki bir marta olingan yuz yuvish vositasi yoki namlantiruvchi kremni toʼrt faslda ham ishlataveradilar.

Yozda yogʼ bezlari keragidan ortiq ishlagani uchun yuz yogʼlanib ketadi. Kuz, qishda esa bu jarayon sekinlashadi, shuning hisobiga yuz qurishni boshlaydi. Oʼz namligini yoʼqotadi. Bunday vaqtlarda esa yuzga ikki barobar namlantiruvchi kremlardan foydalanish zarur.

Erkaklar ayollarga nisbatta tez qarish sabablari >>

Yozda yuz yuvadigan penkalar tavsiya qilgan boʼlsak, kuz—qishda molochko yoki toniklardan foydalanishni maslahat beramiz.

Qolaversa, sovuq kunlarda kamroq chanqaymiz va kam suv ichamiz. Bu ham yuzimiz qurishiga olib keladi.

Yilning har qaysi faslida vaznimizga qarab, 2,5 litrdan 3,5 litrgacha suv ichishimiz kerak.

Manba