«Glloballashuvning shart-sharoitlari, mafkuraviy jarayon tushunchasi»

Globallashuv haqida gapirganda, bu atama bugungi kunda ilmiy – falsafiy, hayotiy tushuncha sifatida juda keng ma’noni anglatishini ta’kidlash lozim. Umumiy nuqtai nazardan qaraganda, bu jarayon mutlaqo yangicha ma’no – mazmundagi xo’jalik, ijtimoiy – siyosiy, tabiiy – biologik global muhitning shakllanishini va shu bilan birga, mavjud milliy va mintaqaviy muammolarning jahon miqyosidagi muammolarga aylanib borishini ifoda etmoqda.