Mudofaadagi o’t ochish pozitsiyasi to‘g‘risida tushuncha.

Mudofaadagi o't ochish pozitsiyasi to‘g‘risida tushuncha.

Mudofaadagi o’t ochish pozitsiyasi to‘g‘risida tushuncha.

Mashg‘ulot rahbari savolni yoritishni seksiyani pozitsiyasini (marrasini) muxandislik jihozlanishining ahamiyatini aytishdan boshlaydi. Tushuntirilayotgan o‘quv materiallari slaydlar,  dafilim, yoki  rangli  plakatlar   kuzatuvida  tushuntiriladi.  Seksiya marrasining muxandislik jihozlanishi okoplar, panalar  joylar, aloqa yo‘llarini qurishni va portlaydigan — minalashtirilgan to‘siqlarni o‘rnatishni o‘z ichiga oladi. Dushman bilan to‘qnash kelilmaganida    pozitsiyani jihozlash seksiya uchun okopni belgilash(trassirovka qilish)dan boshlanadi. Bunda er o‘yuvchi mashinadan foydalanish mumkin. Dushman bilan to‘qnash kelinganda  esa pozitsiyani jihozlash o‘zi uchun okop  qazishdan boshlanadi.  Mashg‘ulot   rahbari yakka okoplarning turlarini tushuntiradi. Okop-lar o‘qchilar, pulemyotchilar va granatomyotchilar uchun bo‘linadi.  Okoplarni qazishda ularning  barchasi    yotib otish uchun mo‘ljallanadi.   Agar 60 sm gacha  qazilsa tizzalab otishga mo‘ljallangan okopga, 110 sm gacha  qazilsa tik gurib otishga mo‘ljallangan okopga aylanadi.  Qazishshda chiqqan tuproq old va yon tomoilariga tashlanadi va

50-60 sm balandlikka ega bo‘lgan brustver (do‘mlik )hosil bo‘ladi. Otish sektorida brustver 30 sm gacha pasaytiriladi va otish uchun  joy qilinadi (oraliq) qilinadi. Okopning ichida o‘q-dori uchun tokcha qilinadi. Bunday okopni qurish uchun sapyorlar lopatasi bilan 1,5 soat, kichik piyodalar lopatasi bilan 2,5 soat vaqt sarflanadi. Pulemyotdan otish uchun mo‘ljallangan okop 2 ta yakka okoplardan va 100 x 100 sm li maydonchadan iborat bo‘ladi. Otish sektoridagi brustver 20 sm qalinlikda bo‘ladi. Bunday okopni qurish uchun sapyorlar lopatasi bilan 2,5 soat, kichik piyodalar lopatasi bilan 4 soat vaqt sarf bo‘ladi. Granatomyotlar otish uchun mo‘ljallangan okop o‘qchi uchun mo‘ljallangan okopdan yon tomonlarida va orqa tomonda brusveri bo‘lmasligi bilan ajralib turadi.BMP (BTR)larning o‘t ochish pozitsiyasi o‘t ochish maydonchasi bo‘lgan chuqurlik (kotlavan) va tushish va chiqishga mo‘ljallangan  narvonni vazifasini  o‘tovchi qurilma (apparel) hamda brusverdan iborat bo‘ladi.BMP (BTR) uchun pozitsiya seksiyaning orqa tomonida 50 metr uzoqlikda  qaziladi, Bu esa qanotlar tomonga o‘t ochishni ta’minlab beradi.

Mashg‘ulot  rahbari o‘quv  savolini  tushuntirishni  yakunlagandan  keyin  o‘quv  materialini  mustahkamlash  uchun Talabalarga bir  nechta savol  beradi.

Mudofaa jangi quyidagi maqsadlarda qo‘llaniladi:

  • ilg‘or dushman kuchlari hujumini bostirish;
  • unga etarli darajada zarar etkazish;
  • egallangan joylarni ushlab turish;
  • shiddatli hujumga o‘tish uchun kerakli sharoitlarni yaratish.

Mudofaa barcha qurol turlari, dushman tanklari va piyodasi ommaviy hujumi zarbalariga qarshi tura oladigan engilmas va faol bo‘lishi kerak.

Motoo‘qchi bo‘linmalarning mudofaaga o‘tishi vaziyatning turli sharoitlarida, ya’ni dushman bilan bevosita to‘qnashganda yoki to‘qnashmagan sharoitlarida, kunduzi yoki tunda, yozda yoki qishda, ommaviy qirg‘in yoki oddiy shikastlantirish qurollari qo‘llanilgan sharoitlarda amalga oshiriladi. Ko‘p holda qismlar dushman bilan bevosita duch kelgan holatlarda mudofaaga o‘tadi.  Boshqa hollarda dushman etarli darajada uzoqlikda bo‘lganda, mudofaaga o‘tish oldindan, u bilan ta’sirda bo‘lmagan holda amalga oshiriladi.

SHundan kelib chiqib bo‘linma komandirlari va shaxsiy tarkib tayanch punkti va o‘t ochish istehkomlarini (okoplar ham shu jumladan) tayyorlaydi. Motoo‘qchi seksiya guruh tarkibida tayanch punktini jixozlashga kirishadi. Seksiyaning tayanch punktidagi jixozlashi lozim bo‘lgan inshoatlariga quyidagilar kiradi:

  • har-bir askar uchun o‘t ochish istexkomlari (seksiya komandiri, granatomyotchi, uning yordamchisi, pulemyotchi va o‘qchi uchun);
  • BTR (BMP) uchun asosiy va zaxira o‘t ochish istexkomlari; — okoplarni o‘zaro bir-biri bilan birlashtiruvchi yo‘llar (transheya); — dushmanga qarshi minali-portlovchi va boshqa xil to‘siqlar; — shaxsiy tarkib yashirinishi uchun pana qilish joyi (blindaj).

o‘t ochish istexkomi – bu bostirib kelayotgan dushman o‘tidan yashiringan xolda uning hujumini qaytarish maqsadida jixozlangan joy.

Motoo‘qchi seksiya mudofaada front kengligi bo‘ylab 80 metrgacha bo‘lgan masofani mudofaa qiladi. Askarlarning o‘t ochish istexkomlari orasidagi masofa joylikning relefi va dushman hujumining shiddatidan kelib chiqib 10-15 metrni tashkil etadi. Jangovar mashinalar esa seksiya tayanch punktidan 50 metrgacha ichkariroq o‘rtada,  seksiyaning chap yoki o‘ng tomonida joylashtirilishi mumkin.

O‘t ochish istexkomlari shunday tanlanib,  jixozlanib hamda niqoblanadiki, dushmanni ko‘rish, uni o‘t ochib yakson qilish imkoni bo‘lsin, shu bilan birga o‘zi ko‘rinmaydigan bo‘lishi kerak.

Dushman bilan bevosita duch kelgan sharoitda mudofaaga o‘tilganida askar joylikning tabiiy yashiruvchi xususiyatlaridan, ya’ni ariqlar, snaryad va granatalar portlashi natijasida hosil bo‘lgan xandaklar, past-balandliklar va boshqalardan unumli foydalanishi kerak. Bunday joylar bo‘lmagan xolda esa zudlik bilan mudofaaga o‘tib o‘zi uchun okop qazishi lozim bo‘ladi.

Dushman bilan duch kelmagan sharoitda esa tayanch punkti va o‘t ochish istexkomlari shaxsan askarlar tomonidan va texnikalar yordamida tayyorlanadi va mukammal jixozlanadi. Tayyor bo‘lgan tanyach punkti va istexkomlar tevarak-atrof muxitiga ko‘ra niqoblanadi. Buning uchun chim, tuproq, qum, o‘t-o‘lanlar, qishda esa qordan foydalaniladi.

Tayanch punktiga quyidagi talablar quyiladi:

  • yashirin joylashish va niqoblanish imkoniyatlari bo‘lsin;
  • katta maydonni kuzatish va uzoq masofaga barcha qurollardan o‘t ochish imkoni

bo‘lsin;

  • o‘zaro xamkorlik qilish, front va yon qanotlar bo‘ylab mujassamlashtirilgan o‘t ochish imkoni bo‘lsin;
  • lozim bo‘lganida aylanma mudofaani tashkil qilishning imkoni bo‘lsin.

Istexkomlarning bir liniyada qator joylashtirilishi mumkin emas, chunki bu qo‘shinlarning bir xamladayoq yo‘q qilinishiga, yon qanot va orqa tomonlardan hujum qilinib tez orada yakson qilinishiga olib keladi.

Muallif: Xasanov M

mavzular

manba