Ekskursiya yetakchilarini tayyorlash. Ekskursiyalarni tashkillash uslubiyoti. O’quv yurti muzeyi ishlarida ChQBT rahbarining roli.

Ekskursiya etakchilarini tayyorlash. Ekskursiyalarni tashkillash uslubiyoti. O'quv yurti muzeyi ishlarida ChQBT rahbarining roli.

Ekskursiya yetakchilarini tayyorlash. Ekskursiyalarni tashkillash uslubiyoti. O‘quv yurti muzeyi ishlarida ChQBT rahbarining roli.

Qidiruv ishlari muammolarini analiz qilish, bu chora — tadbirlar hayot talabi bilan yuzaga kelsa, yoshlar tashabbusi natijasida va tarbiyachi, ustoz va o‘qituvchilar tomonidan qo‘llab — quvvatlanib, mohirona yo‘naltirilganda kerakli samarali natija beradi degan xulosaga olib keladi.

Bizning Respublikamiz turli viloyatlarida qidiruv, ekspeditsiya to‘garaklari aniq amaliy ishlar olib borayotgan ishlari guvohi bo‘lishimiz mumkin. To‘plangan materiallar, ya’ni muzey fondi asosiy (haqiqiy yodgorliklar) va yordamchi materiallarga (sxema, maket, fotosurat, nusxalar) bo‘linadi.

Haqiqiy yodgorliklar O‘zbekiston Respublikasi muzeylari fondiga kiritilib, maxalliy muzey inventar kitobida ro‘yxatga olinadi. O‘quv muassasa muzeylari har yili davlat muzeyini kelib tushgan hujjatlar, yodgorliklar haqida xabardor etib borishi shart.

Tarixiy qimmatga ega bo‘lgan materiallar davlat muzeylariga saqlash uchun yuborilishi mumkin, davlat muzeyi bu material qimmatini qayd etilganligi to‘g‘risida hujjat topshirib, o‘quv muassasaga haqiqiysi o‘rniga nusxa tayyorlab beradi.Ekskursiya yetakchilarini tayyorlash. Ekskursiyalarni tashkillash uslubiyoti. O’quv yurti muzeyi ishlarida ChQBT rahbarining roli.

Bunday hujjatlarni topshirish muzey ishiga o‘ziga xos baho berish hisoblanadi. Muzeylar soni ko‘payib borayapti. Bu masalaning boshqa tomoni ham bor, muzeylarni ishchi holatini doim saqlab turish kerak, ayniqsa tarixiy muzeylarni. Ularda kerakli sharoitni saqlab turish, jihozlar bilan ta’minlash lozim, bular moddiy mablag‘ talab etadi. Bunday muammolar deyarli hamma muzeylarda mavjud.

Ikkinchi muammo. Muzey materiallari anchagina yig‘ilib qolgan va bir xonaga sig‘dirib bo‘lmaydi. Ba’zi muzey rahbarlari o‘qituvchilarga muzey materiallarini foydalanish uchun o‘quv kabinetlarida joylashtirishni taklif etadilar. SHunda mashg‘ulotlar amaliy va tushunarli o‘tishida o‘qituvchilarga yordam bo‘ladi. Umuman materiallar arxivda turib qolishi kerak emas —  ulardan amaliy foydalanish zarur.

  1. Ekskursiya etakchilarini tayyorlash. Ekskursiyalarni tashkillash uslubiyoti. Muzey ishini tashkil etishda harbiy rahbarning va pedagogik jamoaning roli.

Ishning muvaffaqiyati asosan muzey rahbariga bog‘liq bo‘ladi. o‘ qidiruv ishlariga qiziquvchi hurmatli, tajribali inson bo‘lishi kerak. Ana shunday inson bo‘lsa – muzey ishlaydi, agarda u yo‘q bo‘lsa muzey qog‘ozdagina mavjud bo‘ladi. Muzey rahbariga uning faollari katta yordam ko‘rsatadi:

-ular mavzu bo‘yicha adabiyotlarni o‘rganib va boshqa manbalarni qidirib, ular asosida kerakli materiallarni to‘plash bilan shug‘ullanadilar;

-to‘plangan materiallarni o‘rganib ularni qayd etish va saqlashni ta’minlaydilar;

-o‘quvchilar, ota-onalar, otaliq korxona ishchilari uchun ekskursiyalar tashkil etadilar; -o‘qituvchilarga muzey materiallaridan, o‘quv jarayonida foydalanishda yordam beradilar;

-jamoat tashkilotlari, davlat muzeylari, mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarning topshiriqlarini bajarishda faol ishtirok etadilar.

Faollar ishning yaxshiroq tashkil etish maqsadida, muzeyda seksiyalar (bo‘lim, guruxlar) tashkil etilishi mumkin. Ularning soni va vazifalari muzey Kengashining umumiy yig‘ilishida tasdiqlanadi.

Muzey Kengashi – muzey rahbariga yordamchi jamoatchilik tashkiloti. Bu ishlarni o‘quvchilar umumiy yig‘ilishida saylanadigan 3-5 kishidan iborat muzey Kengashi yaxshi olib borishi mumkin. Muzey Kengashi ish rejalarini tuzadi, urush va mehnat faxriylari, ishlab – chiqarish ilg‘orlari, jamoat arboblari, fan arboblari va yozuvchilar bilan o‘quvchilar uchrashuvlarini tashkil etadi. Muzeyga pedagogik ishlar bo‘yicha rahbarlik sinfdan va o‘quv muassasadan tashqari tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi va alohida pedagoglar tomonidan olib boriladi.

O‘quv muassasa muzeyiga yordam uchun rdam kengashlari to‘zilishi mumkin. Ularga o‘qituvchilar, davlat muzeylari vakillari, ota-onalarni kiritish mumkin. Yordam kengashi o‘quv muassasa muzeyiga ilmiy tashkilotlar, davlat muzeylari shahar, rayonning boshqa o‘quv muassasa muzeylari bilan aloqa o‘rnatishga yordam beradi.

Muzeyning ish samarasi ko‘p jihatdan unda ma’ruzalar o‘tkazish ishlari qanday tashkil etilganligiga bog‘liq bo‘ladi. Muzey xodimlari seminar kengashida so‘zga chiqib xalq ta’limi Ministri shunday deydi: «Bizning o‘quv muassasalarimizda ko‘pgina turli muzeylar borligi juda yaxshi. Ularning soni 800 tadan ko‘proq. Lekin ularning hammasi ham ta’lim – tarbiya jarayoniga xizmat qilayaptimi? Bu har doim ham shunday emas. O‘quvchilar muzeyning qidiruv faoliyatlariga faol jalb etilyaptimi? Afsuski har doim ham emas. Muzeylarda darslar o‘tkazilyaptimi? Qaerdadir o‘tkazilsa, qaerdadir o‘tkazilmayapti. Ba’zan umuman o‘quv muassasa muzeyiga kirib bo‘lmaydi, u har doim top toza, tartibga solingan va har doim qulflangan – muzey xuddi o‘quvchilar uchun emas, faqatgina mehmonlar yoki komissiya uchundek, bizda muzey bor deb maqtanish uchun tashkil etilgan. «Muzeyda bolalarning jaranglagan ovozi eshitilmasa – bu muzey emas, bu jonsiz eksponat, uning rahbari – tarbiyachi emas, balki qotib qolgan xaykal».Ekskursiya yetakchilarini tayyorlash.

Muzeylarda lektorlar, ekskursiyachilar, to‘garaklari ishlashi mumkin va shart, uning ko‘rgazmalaridan esa o‘quv mashg‘ulotlari va turli harbiy vatanparvarlik chora-tadbirlarini o‘tkazishda foydalanish kerak.

Ayniqsa lektor ekskursiyalari faoliyati juda muhimdir. Mamlakatimiz tarixi bo‘yicha to‘plangan materiallarni o‘rganish, davlat arxivlari, kutubxonalari mutaxassislari bilan maslahatlar, bular hammasi ularga muzey bo‘yicha qiziqarli va mazmunli ekskursiyalar tashkil etish va o‘tkazish uchun yordam beradi.

Misol tariqasida, Samarkand shahridagi 1-maktabdagi muzeyida lektor – ekskursiyachilar guruhida 20dan ortiq mutaxasis tayyorlangan, ya’ni X-X1 sinflarning faol o‘quvchilardan tashkil topgan. Muzeyning jamoatchi rahbari boshchiligida bolalardan har biri ko‘rgazma bo‘limlaridan biri bo‘yicha ish olib borib, bo‘lim fondi va materiallarini o‘rganib chiqib, ekskursovodlik bo‘yicha yozma tekst, hikoya, ekskursiya o‘tkazish metodikasini tuzgan. Shu tayyorgarliklarni ko‘rgan rahbariyat tomonidan ularga mustaqil faoliyat yuritishlariga ruxsat berilgan va ularga ekskursovod guvohnomasi va ko‘krak nishoni topshirilgan.

Bunday jiddiy tayyorgarlik ishlari muzey ekskursiyalari jonli va qiziqarli o‘tishiga yordam beradi. Faqatgina muzeyning birinchi yil ishlashi davomida 3 ming kishi kelib, ulardan hech biri muzey ko‘rgazmalariga befarq qolmagani, ijobiy ishlarning natijasidan dalolat beradi.

Ekskursiya yetakchilarini tayyorlash.

Muallif:  Ruxsatov A.Q.

mavzular

manba