O’rta paleolit davri.

O'rta paleolit davri.

O’rta paleolit davri.

O‘rta  tosh  davri  odamlari  qumtosh  yoki  ohaktoshdan  sharlar  yasab,  hayvonlarni  ovlashda  foydalanganlar.  Ularni  uzun  tasma  uchiga  juft  qilib  bog’lab,  hayvonlarni  oyog’idan  ilintirganlar.

O‘rta  paleolit  davri  odamlari  hayotida  olov  muhim  o‘rinni  egallagan.  Ular  hayvon  go‘shtini  gulxanda  pishirib,  iste’mol  qilganlar, bu  ularning  jismoniy  va  aqliy  rivojlanishida  muhim  rol  oynagan. Shuningdek, olov  ularni  sovuqdan  va  yirtqich  hayvonlardan  himoya  qilgan.  Shu  sabab  olovni  saqlash  masalasi  ko‘ndalang  bo‘lgan. O‘rta  paleolit  davri  yodgorliklarida   ko‘plab  gulxan  qoldiqlari  topilgan. Odamlar  o‘tin  bilan  birgalikda  hayvon  suyaklarini  ham  yoqqanlar.

O‘rta  paleolit  davrida  neandartal  tipdagi  odam  yashagan. Bu  davr  odami  dastlab  Germaniyaning  Neandertal  qishlog’idan  topilgani  uchun  ham  shu  nomni  olgan. U ilk  paleolit  odamidan  ancha  farq  qilgan.  Uning  boyi  past  peshonasi  tor  va  nishab,  qosh  ustidagi  suyaklari  qalin , yonoq  suyaklari  chiqib  ketgan , iyagi  nihoyatda  kichkina,  tizzalari  sal  bukilgan,   2  oziq  tishi  bo‘rtib  chiqqan,   qo‘l  panjalari  kalta  va  yo‘g’on  bo‘lgan.  Bosh  miyasining  hajmi  1200-1400  sm  ni  tashkil  etgan.  Xudi  shunday  tipdagi  odam  1938  yili  A.P.Okladnikov  tomonidan  Teshiktosh  g’oridan  topilgan.

Ilmiy  adabiyotlarda  yuqori  paleolit  so‘nggi  paleolit  tuchunchasi  bilan xam  ishlatiladi.  U  100—12  ming  yilliklarni  o‘z  ichiga  oladi. So‘nggi  paleolit  davrida  ajdodlarimiz  hayotida  bir  qator  o‘zgarishlar  sodir  bo‘ldi.  Asosiysi  ajdodlarimiz  hayotida  urug’chilik  tuzumi  boshlandi.  So‘nggi  paleolit  davrida  hozirgi  zamon  odami  qiyofasi  o‘xshash—kromanyon  odami  yashagan.  Kromanyon  odami  suyak  qoldiqlari  dastlab  Frantsiyaning  Kromanyon makonidan  topilgani  uchun  shunday  nom  olgan.  Olimlar  bu  davr  odamini  homo  sapiens—aql-idrokli  odam  deb  ham  ataydilar.

Yuqori  paleolit  davri  odamlari  xo‘jaligining  asosini  ovchilik  tashkil  etgan.   Retushlangan  nukleuslar  to‘g’ri  pichoqsimon  shaklga  kirgan  va yupqalashgan. Pichoqlar  paydo  bo‘lgan.  Bu  davrda  eng  muhim  mehnat  qurollari  tosh  kesgich  va  tosh  qirg’ich  bo‘lgan. Tosh  kesgich  qattiq  materiallarni  ishlashda  foydalanilgan

Yuqori  paleolit  davri  odamlarining  xo‘jaligi  o‘zlashtiruvchi  xo‘jalik  bo‘lib,  uning  asosini  ovchilik  tashkil  etgan.  Asosan  bug’u,  yovvoyi  ot,  sirtlon,  arxar,  qulon,  tuya  kabi  yirik  hayonlar  ovlangan. Daraxt  mevalarini,  don  va  ildizmevali  o‘simliklarni  terib,  ovqat  sifatida  ishlatish  ham  keng  tarqalgan.

Shuningdek,  baliqchilikning   dastlabki  kurtaklari  paydo  bo‘lgan.

Insonlar tomonidan qachon olovdan foydalanilganliklari  haqida ma’lumotlar yo‘q. Lekin tadqiqotlar natijasida  250 000 ming yil ilgarigi insonlar tomonidan o‘zlashtirilgan g‘orlardan ovqat qoldiqlari topilgan.  50 000 ilgari olov ichida qolgan g‘or izlari topilgan.

So‘nggi  paleolit  davrida  qarindosh  urug’chilik  va  oila  munosabatlarining  tartibga  solinishi  natijasida  kishilarning  jismoniy  va  aqliy  rivojlanishida  o‘zgarishlar  yuz  berdi.  Insonlarning  tashqi  ko‘rinishida  o‘zgarish  yuz  berishi bilan birga  ularning   tabiiy –geografik  sharoitga   moslashishi  natijasida  irqlar  vujudga  keldi.  Yevropoid,  mongoloid,  negroid.  Yevropoid  irqi  fanda  kromonon  odami  nomini  olgan.  O‘zbekistonning  ham  Samarqand  makonidan  kromonon  odamning  qoldiqlari  topilgan.

Yuqori  paleolit  davrida  yuz  bergan  muhim  o‘zgarishlardan  yana  biri,  bu  san’atning  kelib  chiqishidir.  San’atning  vujudga  kelishi  o‘sha  davr  odamlarining  diniy  qarashlari  bilan  bog’liq  bo‘lsa-da,  ular  qoldirgan   haykalchalar  va  qoya  tosh  suratlari  o‘sha  davr  ijtimoiy  hayoti  haqida  bizga  ko‘p  ma’lumot  beradi.O‘rta  Osiyoning  ko‘pchilik  joyidan  qoyatosh  suratlari  topilgan.  Jumladan;  Zarautsoy,  Xurtakasoy,  Bichikchashma,  Sariyoz  va  boshqalar.  Ularda  karkidonlar,  mamontlar, odam, ot, buqa, it,  tulki,  jayron,  tog’  echkisi,  o‘q  yoylarning  tasvirlari  bor.

Fransiyadagi Kro-Manon g‘oridan 1868 yilda topilganligi sababli shu nomni olgan.

Paleolit davri oid tosh ustaxonalari Navoiy  viloyati  Navoiy  tumanida   Uchtut, Ijond  va  Vaush  degan  joylaridan  topilgan.

Uchtut yodgorligi   Uchtut qishlog’i yaqinida joylashgan. Yodgorlik 1958 yili arxeolog X.Muhammedov tomonidan topilgan.Keyingi yillarda uni T.Mirsoatov keng ko‘lamda o‘rgandi. Bu yodgorlik tosh davrining turli davrlariga oid bo‘lib, asosan neolit davri topilmalari yig’ib olingan.  Neolit davri bu yerda shaxta usubida tosh qazib olganlar.

Tosh ustaxonalari Zarafshonning qadimgi irmoqlari, Oxargaron daryosi boylarida ham mavjudligi qayd qilingan.  Ular arxeolog T.Mirsoatov tomonidan o‘rganilgan.

2008 yilda arxeologlar janubi-g‘arbiy Germaniyada 5 ta teshikchasi bor suyakdan ishlangan nay qoldig‘ini topishgan.  Tadqiqot jarayonidau  35 000 yillik tarixga ega ekanligi aniqlandi.

Chaqmoqtosh konlari va ustaxonalarini keng tadqiq qilish ibtidoiy madaniyati tarixni o‘rganshda muxim manba sanaladi.

Yuqori  paleolit  davriga  oid  yodgorliklar  kam  topilganinga  qaramasdan, ulardagi madaniy qatlamlarning yaxshi saqlanishi yuqori paleolit davri taraqqiyotining  o‘ziga  xos  tomonlari  ochishga imkon berdi. Hozirgi  kunda  O‘rta Osiyoda  yuqori  paleolit  davriga  oid  30  ortiq  yodgorlik  topib  o‘rganilgan bo‘lsa, shulardan 10 tasi O‘zbekistondan topilgan. Ulardan  Zarafshon voxasida topilgan  Samarqand,  Siyobcha, Xo‘jamazgil makonlari yaxshi o‘rganilgan.  Ko‘lbuloq    Bo‘zsuv, Takalisoy,  Tuyabo‘g’iz  makonlaridan ham yuqori paleolit davri izlari topilgan.

Muallif: N.A. Egamberdieva.

mavzular

manba