Munadarija

Neolit davri va uning o’rganilishi.
Kishilar jamiyati taraqqiyotidagi keyingi davr neolit deb nom olgan. U yunoncha “neo”—yangi, “litos”—tosh, ya’ni yangi tosh davri degan ma’noni beradi. Bu davr uzoq davom etgan tosh davrining yakunlovchi bosqichi bo‘lganligi uchun shu nom bilan atalgan. Bu tushunchani fanga ingliz arxeologi Lebbok kiritgan. Neolit davri xronologik jihatdan miloddan avvalgi VI—IV ming yilliklarni o‘z ichiga oladi va ilk, o‘rta, so‘nggi bosqichlarga bo‘linadi. Bu davr barcha mintaqalarda bir vaqtda sodir bo‘lmagan va u davrda jamiyatlar har xil taraqqiyot darajalariga ega bo‘lganlar. Ba’zi mintaqalarda neolit davri quldorlik davriga kelsa, ba’zilarida endigina dehqonchilik va chorvachilik vujudga kelayotgan, ba’zilarida esa ovchilik va termachilik bilan shug’ullanayotgan edilar.
O‘rta Osiyoda neolit davri rivojining 2 xil ko‘rinishi mavjud bo‘lgan. Uning janubiy—g’arbiy hududlarida hozirgi Turkmanistonning Kopetdog’ tog’i oldi hududlarida neolit davrida miloddan avvalgi VI ming yillar oxiri va V ming yillikning boshlarida ilk dehqonchilik madaniyati shakllangan bo‘lsa, uning markaziy va shimoliy viloyatlarida hali ovchilik va baliqchilik xo‘jaligi hukmronlik qilgan. U bugungi kunda O‘zbekiston xududidiga to‘g’ri keladi. Neolit davri jamoasining bunday mintaqalararo rivojlanishi har bir viloyatning mavjud tabiiy—iqlim sharoitidan kelib chiqqan. Shuningdek, O‘rta Osiyoda neolit davri yodgorliklarini uchta yirik territorial–xo‘jalik shakllarga ajratilgan. Bular Joytun madaniyati – ilk dehqonchilik madaniyatining shakllanishi bilan ajratiladi. Ikkinchisi Kaltaminor madaniyati – baliqchilik, ovchilik bilan shug’ullanuvchi qabilalar madaniyati bo‘lib, daryo va ko‘l boylarida iste’komat qilganlar. Uchinchisi Xisor madaniyati bo‘lib, ovchilik bilan shug’ullanganlar. Ular tog’li xududlarda yashagan jamoalar bo‘lib, mehnat qurollarining aksariyat qismi qayroqtoshlardan yasalganligi bilan ham ajralib turadi. Ularning har biri alohida geografik muxitga ega bo‘lgan yerlarda joylashgan.
Yirik shohli hayvonlarni qo‘lga o‘rgatish mil.avv. 5500 yillarga to‘g‘ri keladi. Bu davrdagi chorvadorlar va dehqonlar o‘rtasida iqtisodiy aloqa mavjud bo‘lgan[1].
Neolit davri iqlimi hozirgi iqlim sharoitiga yaqin bo‘lgan. O‘rta Osiyoning janubiy—g’arbiy hududining iqlimi issiq , dehqonchilik uchun qulay bo‘lgan. Markaziy va shimoliy viloyatlarida ham iqlimning isishi yaylov va cho‘l zonalarini vujudga keltirgan. Bu esa neolit davri jamoalarining hudud boylab keng tarqalishiga olib kelgan. Shuningdek, ular mezolit davridagidek daydi hayot kechirmay, o‘troq turmush tarziga o‘tadilar. Doimiy yerto‘la, kulba va loy, guvaladan qurilgan uylarda yashay boshlaydilar. O‘troq turmush tarzi janubiy hududlarda dehqonchilikning kelib chiqishiga, cho‘l mintaqalarda esa o‘troq ovchilik xo‘jaligining qaror topishiga olib keldi. Keyinchalik uning zamirida chorvachilik paydo bo‘ldi.
Neolit davrida toshni ishlash texnikasida yangi usullar—silliqlash, pardozlash, arralash va parmalash usullari ixtiro etiladi. Ilk neolit davrida makrolit qulollar keng tarqalgan. Ular og’ir katta hajmdagi chaqmoqtoshdan ishlangan qurollar bo‘lgan. Qurollarni silliqlash keyingi neolit davriga to‘g’ri keladi. Silliqlangan tosh qurollar neolit oxiriga kelib parmalangan. Unda suyak parma vazifasini bajargan. Suyak parmani qalqon ipiga o‘rab aylantirganlar, unda suyakning uchiga nam qum sepib turilgan. Parmalangan qurolga dasta o‘rnatish mumkin bo‘lgan.
Neolit davrida qurollarning turi ko‘paygan, bunga toshni ishlash texnikasidagi ixtirolar sabab bo‘lgan. Tosh boltalar, ponalar, tosh teshalar, iskanalar, og’ir cho‘qmorlar paydo bo‘lgan. Tosh boltalar neolit davrida barcha og’ir yumushlarni bajargan. Uning xo‘jalikdagi ahamiyati katta bo‘lgan, shuni e’tiborga olib, ba’zi olimlar bu davrni «boltalar asri” deb atashni ham taklif qilishgan.
Neolit davri jamoalarida mehnat qurollarini takomillashtirish bilan bir qatorda hunarmandchilikning bir qator tarmoqlari—kulolchilik, to‘quvchilik, tikuvchilik kabi sohalari ixtiro qilindi.
To‘qimachilik, hunarmanchilikning vujudga kelishi ham neolit davrining buyuk kashfiyoti hisoblanadi. Neolit davri odamlari hayvon yungi va o‘simlik tolasidan mato to‘qishni o‘rganganlar. Shuningdek, yigirilgan ipdan baliq to‘ri ham to‘qilgan. Bu esa baliq ovlash ahamiyatini keskin ravishda oshirib yuborgan. Bunga suvda suzuvchi qayiqlar yaratilishi ham imkon berdi.
Neolit davri yutuqlaridan yana biri bu juft oilaning vujudga kelishi bo‘lib, u urug’ ichida oilaviy munosabatlarning izga tushishi olib keldi va jamiyat taraqqiyotini yanada olg’a siljitdi.
O‘rta Osiyoda neolit davri yodgorliklarini bir necha yirik territorial–xo‘jalik shakllarga ajratilgan: masalan, joytun madaniyati, kaltaminor madaniyati, xisor madaniyati va sazag’on madaniyati shular jumlasidandir.
Joytun madaniyati O‘rta Osiyoning janubiy—g’arbiy hududida ilk dehqonchilik bilan shug’ullangan qabilalar yodgorligidir. Uning izlari faqat Turkmanistonning janubiy—g’arbiy hududlaridan topilgan. Olimlar uni miloddan avvalgi VI ming yilliklar oxiri V ming yilliklar boshlariga oid deb hisoblashadi. Uni B.A.Kuftin, V.M.Masson, D.Durdiev, O.Berdievlar tadqiq qilgan. Joytun madaniyatiga Bami, To‘g’oloqtepa, Chag’illitepa, Munchoqlitepa, Cho‘pontepa, Joytun, Nayzatepa kabi bir qator ibtidoiy dehqonlarning manzilgohlari kiradi. Joytun qishlog’ida uch qurilish bosqichi aniqlangan. Unda uylar to‘rtburchak shaklida qurilib, devorlari guvaladan ishlangan va somon bilan suvalgan. Uylarning yonida xo‘jalik xonalari – omborxona, saroy va o‘ralar ham bo‘lgan. Joytun uylari devorining qalinligi 30 sm ni tashkil etgan. Har bir uyda (xonadonda) 5-6 kishidan iborat oila yashagan, deb taxmin qilinadi.
Joytun madaniyati yodgorliklaridan topilgan moddiy manbalar ularning dehqonchilik bilan birga, chorvachilik, ovchilik bilan ham shug’ullanib, o‘z davrining katta yutuqlarini qo‘lga kiritganligini ko‘rsatdi.
Miloddan avvalgi VI ming yilliklar oxiri V ming yilliklar boshlari deb hisoblaydilar. Xuddi shu davrda O‘rta Osiyoning shimoliy va markaziy hududlarida ovchilik, baliqchilik va termachilik bilan shug’ullangan neolit davri jamoalari istiqomat qilganlar. Bunday yodgorlik o‘tgan asrning 30–40 yillarida S.P.Tolstov tomonidan Amudaryoning quyi havzasida topildi va fanga Kaltaminor madaniyati nomi bilan kiritildi. Unga Amudaryoning Oqchadaryo o‘zanidan chiqqan qadimgi Kaltaminor kanali etaklaridan topilgani uchun shu nom berilgan. Kaltaminor madaniyati asosan O‘zbekiston xududida tarqalganligini sababli quyida shu haqda ko‘proq to‘xtalamiz.
Oqchadaryo havzasidan ko‘plab neolit davriga oid yodgorliklar topilgan bo‘lib, faqat 3-4 ta manzilgohning madaniy qatlami buzilmasdan saqlanib qolgan.
Bular Jonbas-4, Qavat-7, Tolstov manzilgohi, Tumek Kichidjik manzilgohlaridir.
Kaltaminor madaniyatining 3 bosqichi aniqlandi – Daryolisoy (mil.avv. VI–IV ming yilliklarga oid), Jonbos (mil.avv. IV–III ming yilliklarga oid) va Saksovul (mil.avv. III ming yillik oxiri –II ming yillik boshlariga oid).
Hisor madaniyati tog’li mintaqalarda yashab, asosan hayvon ovchiligi bilan shug’ullagan qabilalar madaniyatidir. U Tojikistonning tog’li mintaqalarida keng tarqalgan. Ularning izlari 300 dan ortiq joydan topilgan. Bu madaniyatga oid dastlabki yodgorlik Dushanbe shahri yaqinidagi Hisor vodiysidan topilganligi sababli Hisor madaniyati nomini olgan.
Hisor madaniyatining harakterli tomoni, uning aholisi qayroqtosh tosh qurollariga o‘ziga xos ishlov berishgan. Uning ishlanish uslubi o‘rta paleolit davridagiga o‘xshaydi. Sopol idishlar qo‘lda ishlanib, geometrik naqsh berilgan.
Arxeologlar Tutkovul makonidan yarim yerto‘la shakldagi uy qoldig’ini va 4 ta qabrni topib o‘rganganlar. Jasadlar g’ujanak holda yotqizilib, oyoq–qo‘llari bog’langan holda ko‘milgan. Bu mozorlar Hisor madaniyatining so‘nggi bosqichiga tegishlidir.
Sazag’on makoni Zarafshon daryosining o‘rta xavzasida Samarqanddan 30 km janubi–g’arbda joylashgan qishlog’i joylashgan. Sazag’on makonidan neolit davriga oid ko‘plab tosh qurollari va hayvon suyaklari topilgan. Sazog’on tosh qurollari Darvozaqir materiallariga o‘xshab ketsa–da, ularning o‘ziga xos mahalliy xususiyatlari bor. Jumladan, Kaltaminor madaniyatini yaratgan axoli ko‘l va daryo boylarida yashab, baliqchilik bilan shug’ullanib, shunga xos mehnat qurollari yaratgan bo‘lsalar, sazog’on madaniyati axolisi tog’li xududlarda yashab, asosan ovchilik bilan shug’ullanganlar. Shu sabab makonni qazish vaqtida ovchilikkka moslashgan mehnat qurollari bilan birgalikda yovvoiy va uy hayvonlarining suyak qoldiqlari ham topilgan. Demak, Sazog’on madaniyati aholisi yirik shoxli hayvonlarni qo‘lga o‘rgatib, ilk chorvachilik xo‘jaligiga asos solganlar. Mehnat qurollari asosan tosh parchalari va qo‘pol paraqalar asosida yasalgan.Uning tosh qurollarining ishlanish texnikasi Markaziy Farg’onaning mehnat qurollariga o‘xshaydi. Turli qurol aslahalar tarkibida silliqlangan tosh boltalar, qadama toshlar, yog’uchoqlar, kamon poykonlari bor. Sopol idishlari naqshlangan. Shuningdek, makonnni qazish vaqtida neolit davrining so‘nggi bosqichiga oid bir necha qabrlar topib o‘rganildi. Ma’lum bo‘lishicha, bu odamlar yevropoid irqiga mansub bo‘lgan. Shunday tipdagi odamlar odam qoldiqlari va dafn marosimlari Tojikistondagi Tutkovul makonida kuzatilgan. Makondan topilgan tosh industriyasi va boshqa topilmalarning umumiy xususiyati uning ilk neolit davriga taalluqli ekanligini asoslash bilan birgalikda Markaziy Farg’onadagi shu tipdagi yodgorliklarga o‘xshashligini ko‘rsatdi.
Muallif: N.A. Egamberdieva.
Следующий период в развитии человеческого общества получил название неолита. В переводе с греческого «нео» — новый, «литос» — камень, что означает новый каменный век. Он назван так потому, что является кульминацией долгого каменного века. Это понятие было введено в науку английским археологом Леббоком. Период неолита хронологически охватывает VI-IV тысячелетия до нашей эры и делится на ранний, средний и поздний этапы. Этот период не происходил одновременно во всех регионах, и в то время общества имели разный уровень развития. В одних районах неолит был периодом рабства, в других — просто земледелием и скотоводством, в третьих — охотой и собирательством.
В Средней Азии существует два типа неолитического развития. В его юго-западных районах, в предгорьях современного Копетдага в современной Туркмении первая земледельческая культура сформировалась в конце неолита VI тыс. до н.э. и начале V тыс. до н.э. рыбалка. сделал Сегодня он находится на территории Узбекистана. Такое межрегиональное развитие неолитической общности обусловлено сложившимися природно-климатическими условиями каждого региона. Неолитические памятники Средней Азии также делятся на три основные территориально-экономические формы. Они отличаются формированием джойтунской культуры – первой земледельческой культуры. Вторая – это кальтаминорская культура, культура рыболовецких и охотничьих племен, населявших реки и озера. Третья – гиссарская культура, которая использовалась для охоты. Это сообщества, которые живут в горных районах, и большинство инструментов сделано из камня. Каждый из них находится в разных географических зонах.
Гиссарская культура — племенная культура, населяющая горные районы и занимающаяся в основном охотой на животных. Распространен в горных районах Таджикистана. Их следы обнаружены более чем в 300 местах. Первый памятник этой культуры был назван Гиссарской культурой, так как был обнаружен в Гиссарской долине недалеко от Душанбе. Характерной чертой гиссарской культуры является то, что ее жители обладают уникальным способом изготовления каменных орудий труда. Его конструкция близка к среднему палеолиту. Керамика ручной работы с геометрическим рисунком. Археологи раскопали остатки полуподвального дома и четырех гробниц в районе Тутковула. Тела упокоили и похоронили со связанными конечностями. Эти гробницы относятся к последнему этапу гиссарской культуры.