Harbiy vatanparvarlik tarbiyasining mazmuni va mohiyati.

Harbiy vatanparvarlik tarbiyasining mazmuni va mohiyati. 

Harbiy vatanparvarlik tarbiyasining mazmuni va mohiyati.

Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, maʼnaviy sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon; insonning jamiyatda yashashi uchun zarur boʻlgan xususiyatlarga ega boʻlishini taʼminlash yoʻlida koʻriladigan chora tadbirlar yigindisi. Tarbiya  insonning insonligini taʼminlaydigan eng qadimiy va abadiy qadriyatdir. Tarbiyasiz alohida odam ham, kishilik jamiyati ham mavjud boʻla olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini taʼminlaydigan qadriyatlar Tarbiya tufayligina bir avloddan boshqasiga oʻtadi.

Pedagogik adabiyotlarda » Tarbiya » atamasi keng va tor maʼnolarda ishlatiladi. Keng maʼnoda Tarbiya inson shaxsini shakllantirishga, uning jamiyat ishlab chiqarish.i va ijtimoiy, madaniy, maʼrifiy hayotida faol ishtirokini taʼminlashga karatilgan barcha taʼsirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yigindisini anglatadi. Bunday tushunishda Tarbiya faqat oila, maktab, bolalar va yoshlar tashkilotlarida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarni emas, balki butun ijtimoiy tuzum, uning yetakchi goyalari, adabiyot, sanʼat, kino, radio, televideniye va boshqalarni ham oʻz ichiga oladi. Shuningdek, keng maʼnodagi Tarbiya tushunchasi ichiga taʼlim va maʼlumot olish ham kiradi.

Tor maʼnoda Tarbiya shaxsning jismoniy rivoji, dunyoqarashi, maʼnaviyaxloqiy qiyofasi, estetik didi oʻstirilishiga yoʻnaltirilgan pedagogik faoliyatni anglatadi. Buni oila va tarbiyaviy muassasalar hamda jamoat tashkilotlari amalga oshiradi. Taʼlim va maʼlumot olish tor maʼnodagi Tarbiya ichiga kirmaydi. Lekin har qanday Tarbiya taʼlim bilan chambarchas bogʻliq holdagina mavjud boʻladi. Chunki taʼlim va maʼlumot olish jarayonida shaxsning fakat bilimi koʻpayibgina qolmay, balki axloqiymaʼnaviy sifatlari qaror topishi ham tezlashadi.

Tarbiya har qanday jamiyat va har qanday mamlakat hayotida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Yosh avlodning , umuman, jamiyat aʼzolarining Tarbiyasi bilan yetarlicha

shugʻullanmagan mamlakat turgʻunlik va inqirozga mahkumdir. Negaki, oʻsishi va rivojlanishi uchun har qanday jamiyatda ham moddiy va maʼnaviy boyliklar ishlab chiqarish, toʻxtovsiz ravishda yuksalib borishi lozim. Buning uchun yosh avlod moddiy va maʼnaviy boyliklar yetishtirishni ajdodlari darajasida, ulardan ham yaxshiroq ishlab chiqara bilishlari kerak. Yosh avlodda ana shunday moddiy va maʼnaviy qobiliyatlarni shakllantira bilish uchun esa, jamiyat uzluksiz ravishda samarali faoliyat koʻrsatadigan tarbiyaviy intlar tizimiga ega boʻlishi lozim.

Tarbiya jamiyat taraqqiyotining turli davrlarida turlicha izoxdab kelingan. Shoʻro zamonida hukmron kommunistik mafkura Tarbiyaga sinfiy va partiyaviy hodisa sifatida yondashishni talab etgan. Shuning uchun ham sinfiy jamiyatda Tarbiya faqat sinfiy xususiyatga ega boʻladi va turli sinflarning Tarbiyasi bir-biriga qaramaqarshi turadi degan qarash qaror topgan. Holbuki, dunyo ilmi, ayniqsa, Sharq tarbiyashunosligi va oʻzbek xalq ped.si tajribasi Tarbiyaning sinfiy koʻrinishga ega emasligini isbot etdi. Shuningdek, kommunistik mafkura tazyiqi tufayli Tarbiyada ijtimoiy muassasalarning oʻrniga ortiqcha baho berildi, bu jarayonda irsiy va biologik xususiyatlar deyarli xisobga olinmadi.

Shoʻrolar ped.sida Tarbiya orqali xar qanday odamni istagan ijtimoiy qiyofaga solish mumkin degan qarash hukmron boʻlganligi uchun ham uning shaxsni shakllantirishdagi oʻrniga oshiqcha baho berildi. Tarbiyalanuvchi shaxsining Tarbiyaga berilish yoki berilmaslik xususiyatlarining hisobga olinmasligi tarbiyaviy tadbirlarga maxliyo boʻlishdek pedagogik xatolikka olib keldi. Buning natijasida Tarbiya maqsadsiz boʻlib qoldi, tarbiyalanuvchilarga alohida shaxs sifatida emas, istalgan ijtimoiy yoʻnalishga solinishi mumkin boʻlgan qiyofasiz tuda, olomon tarzida qarash karor topdi, Bu hol Tarbiyaning samarasizligiga olib keldi. Chunki Tarbiyaning asosiy obʼyekti boʻlmish shaxs va uning oʻziga xoslik jihatlari unutilgan edi. Shoʻro pedagogik tizimidagi kamchiliklarning ildizi, asosan, mana shu yondashuv tarziga borib takaladi.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, Tarbiya va unga bogʻliqjarayonlarga yangi hamda sogʻlom pedagogik tafakkurga tayangan holda yondashuv qaror topa boshladi. Uni izohlashda gʻayriilmiy sinfiypartiyaviy yondashuvdan voz kechildi. Tarbiyaning milliyligiga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Buning uchun xalq ped.si boyliklari, oʻzbek mutafakkirlarining pedagogik qarashlari sinchkovlik bilan oʻrganilayotir. Natijada, Oʻzbekiston ped. fani va amaliyotida oila Tarbiya sining ham, ijtimoiy Tarbiyaning ham oʻziga xos oʻrni borligi tan olina boshlandi.

Shuningdek, Tarbiyada irsiy va biologik omillar ham hisobga olinadigan boʻldi. Ayni vaqtda, shaxsning shakllanishida Tarbiyaning oʻrniga keragidan ortiq baho berish ham barham topdi. Bu hol Tarbiyaga doyr hodisa va holatlarni toʻgʻri izohlash, tarbiyaviy tadbirlar tizimini toʻgʻri tayin etish imkonini berdi.

Qozoqboy Yoʻldoshev.

Harbiy vatanparvarlik tarbiyasining bosh vazifasi mustaqil, o‘z yo‘lidan rivojlanayotgan Vatanimiz uchun, g‘urur, Qurolli Kuchlarga nisbatan muhabbat, jangovar va mehnat urf – odtlarimizga sadoqat, harbiy mehnatga hurmat hissini har taraflama rivojlantirish, ozodlik va mustaqilligimizni, qo‘limizdagi qurol bilan muhofaza qilishga doimiy tayyorlikni shakllantirish, o‘z fuqarolik burchini ado etishdir.

 Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi yoshlarda harbiy xizmatga himoya  rivojlantirish, harbiy kasblarni egalash, yoshlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida xizmatga tayyorlashga yordam berishni ko‘zda tutadi.

 Harbiy vatanparvarlik tarbiyasining maqsadi Vatanni himoya qilish uchun tayyorlikni ta’minlaydigan fikr, ishonchini, dunyo qarashni shakllantirish, unga bor kuchni, kerak bo‘lsa hayotini ham berish. Bo‘lajak jangchilarning ma’naviy – ruhiy, axloqiy – intizomiy, jangovar xislatlarini tarbiyalashni tarbiyalashdan iborat.

 Harbiy – texnik tayyorgarlik bo‘lib, ularda quyidagi jangovar xislatlar shakllanadi: harbiy bilim, jangovar mahorat, intizomlilik va tashkiliylik, jangovar birodarlik harbiy qasamyod va nizomlar talablarini, komandir va boshliqlar buyruq va ko‘rsatmalarini so‘zsiz bajarish. Bu erda boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik, mudofaa – ommaviy ishlari katta o‘rin tutadi.

 Respublikamizda harbiy tayyorgarlikka har doim katta e’tibor berilgan, 1918 yildan boshlab mamlakatda harbiy o‘rta o‘quv yurti, ya’ni hozirgi Toshkent  Oliy Umumqo‘shin Qo‘mondonlik bilim yurti faoliyat ko‘rsatmoqda, u minglab yuqori malakali ofitser kadrlarni tayyorladi, 50 ga yaqin bitiruvchilari qahramonlik unvoniga loyiq  bo‘ldi.

 Aholini harbiy o‘qitishga («Armiya, aviatsiya va flotga yordam ko‘rsatishning ko‘ngilli jamiyati” DOSAAF), hozirda «Vatanparvar” mudofaaga ko‘maklashuvchi tashkilot (MKT) katta va behisob hissa qo‘shdi.

 Urush yilarida bu tashkilot 27000 pulemyotchi, 3340 mergan o‘q otuvchi, 4551 otlik, 22400 Voroshilov merganlari, 22000 o‘qchi, 3000 avtomobil va mototsikl haydovchilari, 3078 tibbiy hamshira, 2000 aloqachi, 4 ta aviatsiya diviziyasi uchun uchuvchi, shturman, o‘qchi – radistlarni tayyorladi.

             1934 yildan boshlab Toshkent aviaklubi ish boshladi, uning 10 ta bitiruvchisi Ikkinchi

Jaxon urushida qahramon bo‘ldi.

 Respublika DOSAAFi O‘rta Osiyo respublikalari hududlarida shakllangan o‘n minglab vatanparvarlarni tayyorladi. Mehnatkashlar, yoshlar harbiy tayyorgarligi zamonaviy sharoitlarda mamlakat mudofaa qudratini boshqarish bo‘yicha davlat faoliyatida etakchi o‘rinlardan birini egallaydi. Hozirgi kunda Toshkent, Chirchiq, Jizzax shaharlarida oliy harbiy bilim yurtlari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Vazirlar Mahkamasining „O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi 1994 yil 15 iyuldagi qaroriga ko‘ra tashkil etilgan Qurolli Quchlar Akademiyasi ofitser kadlarni tayyorlash va ularni malakasini oshirish bo‘yicha etakchi ta’lim muassasasi bo‘lib, Mudofaa vazirligi harbiy ta’lim muassasalarining zaruriy ilmiy – metodik va axborot – tahliliy markazi hisoblanadi.

 Qo‘shinlar qurollanishida raketa quroli, avtomatlashtirilgan boshquruv tizimlari, zamonaviy aloqa vosita radiolakatsion moslamalar, avtomatika va telemexaniqa turli qurilmalari mavjud. Samolet, jangovar texnika va Qurolli Kuchlarning piyoda va boshqa turlari qurollanish jangovar imkoniyatlari anchaga kengaydi. 

 Jismoniy o‘quv-nafaqat o‘z – o‘zidan muhim bo‘lgan tetiklik va optimizm manbasi, balki Vatan mehnati va himoyasiga tayyorlik, bo‘sh vaqtdan unumli foydalanish shaklidir.

 Maktab yillari butun umrga poydevor, ya’ni sog‘liq asoslarini singdiruvchi paytdir. Harakat, gimnastika, sport o‘yinlari yoshlarning ijobiy xislatlarini shakllantiradi. Mardlik, iroda, qiyinchiliklarni bartarof eta olish kabi xislarni tarbiyalaydi. Bolalikda yo‘l qo‘yilgan jismoniy tarbiyadagi  kamchiliklar, murakkab va ba’zida esa umuman katta yoshda to‘ldirib bo‘lmaydigan jarayondir.

 Zamonaviy yoshlarning jismoniy tayyorgarligi zamonaviy ishlab chiqarish hamda Qurolli Kuchlar safida xizmatga bo‘lgan talablarga to‘laqonli javob bermaydi. Bu o‘z o‘rnida yoshlarning aqliy, jismoniy, ahloqiy – ma’naviy va ruhiy holatlari bilan bog‘liq bo‘lgan kasalligidan xalq xo‘jalik sohalari ham katta zarar ko‘rmoqda.Harbiy vatanparvarlik tarbiyasining mazmuni va mohiyati.  

 Statistika ko‘rsatadiki, yoshlar ichida ortiqcha og‘irlikka ega, kasalliklarga moyil bo‘lgan gavda va tayanch – harakatlantiruvchi apparatda nuqsonlari bo‘lgan yoshlar foizi katta, mutaxasislar fikricha, qoloq o‘quvchilar ichidagi 58% dangasalik yoki yaxshi rivojlanmaganlik sababliga ko‘ra emas, balki jismoniy nuqson va kamchiliklar deb o‘z tengdoshlaridan orqada qoladi.

 Tuman, shahar madaniy-oqartuv va sport muassasalaridan yaxshi foydalanish, turli sport to‘garak va seksiyalari faoliyati oshirish jismoniy tarbiya  mashg‘ulotlari sifatliroq o‘tkazish maqsadaga muvofiq. 

Harbiy vatanparvarlik tarbiyasining mazmuni va mohiyati. 

Muallif:  Ruxsatov A.Q.

mavzular

manba