Kichik kaliberli (pnevmatik) vintovkadan otish mashqini bajarish.

Kichik kaliberli (pnevmatik) vintovkadan otish mashqini bajarish.

Kichik kaliberli (pnevmatik) vintovkadan otish mashqini bajarish.

Qo‘llarning tirsaklari ham to‘g‘ri holatni egallashi kerak. CHap qo‘l tirsagi avtomatning ostiga olib kiriladi, chunki u qurolning asosiy og‘irligini qabul qiladi va tayanch vazifani o‘taydi. Agar chap qo‘l tirsagini avtomat ostiga olib kirilishini iloji bo‘lmasa, uni sal yonroqqa qo‘yish mumkin, lekin avtomatning bo‘ylama o‘qidan ko‘pi bilan 4 sm gacha.

Agar tirsak undan ko‘proq masofaga chiqarilsa, avtomatning vertikal turg‘unligi

buziladi.

Qo‘ndoqlash oxiriga etgach o‘ng qo‘l tirsagi uchun joy topish zarur. Buning uchun avtomat qo‘ndog‘ining ort tomoni elkaga qo‘yilib qo‘ndoqlab ushlangan holatda, o‘ng qo‘l tepaga elka balandligicha ko‘tariladi (5-rasm);

So‘ng tirsak erga erkin tushiriladi va tushgan joyiga qo‘yiladi. Bunda o‘ng qo‘l barmoqlari pistolet dastasida qoladi.

Qondoqning ort qismi elkaga yaxshi juftlanib o‘rtasi bilan yotishi kerak. Agar qo‘ndoq pastroq qo‘[ndoqlansa o‘qlar pastga, teparoq qo‘ndoqlansa tepaga ketadi.

Qo‘ndoqning xolatini to‘g‘riligini tekshirish uchun qo‘ndoqlashdan so‘ng o‘ng qo‘l yonga elka barobarida ko‘tarish kerak (5-rasm).  Agar qo‘ndoq elka chuqurligiga yaxshilab juftlanmasdan yoki noto‘g‘ri qo‘yilgan bo‘lsa qo‘l ko‘tarilgan vaqtda qo‘ndoq tepaga yoki pastga sirpanib chiqib ketadi. Agar tirsakni yon tomonga uzunroq qo‘yilishi qurolni vertikal turg‘unligini buzsa, qondoq qisib ushlangan o‘ng tirsak avtomatni yon tomonga tebranishini keltirib chiqaradi.

Mo‘ljallash — avtomatchining bo‘shliqda qurol stvoli kanaliga o‘qni zarur yo‘nalish va zarur masofaga otishni taominlashni taominlab berishga mo‘ljallangan harakatlari yig‘indisidir. Bu harakatlar pritsel va mushka yordamida bajariladi.

Mo‘ljallash uchun chap ko‘z qisiladi, o‘ng ko‘z bilan pritsel o‘yig‘i orqali mushkaga qaratiladi. Bunda mushka o‘yiqning qoq  o‘rtasida, uning cho‘qqisi pritsel plankasiga qirrasi bilan bir xil bo‘lishi kerak.

Bu tekkis mushka deyiladi va uni ushlab turish zarur.

So‘ngra, nafasni chiqarib tashlab, tekkis mushka mo‘ljallash nuqtasiga olib boriladi. Bir

vaqtda tepki eziladi.

Otish aniqligini pasaytirib yubormaslik uchun uzoq mo‘ljallash tavsiya etilmaydi. O‘t ochish biror sababga ko‘ra o‘n soniyadan ko‘proqqa cho‘zilib ketsa, unda mo‘ljallashni to‘xtatish va ko‘zga 5-10 soniya dam berish zarur.

Ilmoqni tushirish — otishni amalga oshirish texnikasining muhim mas’uliyatli

elementlardan biri.

Ilmoqni tushirish vaqtida nafasni to‘xtatish zarur. Agar bu vaqtda erkin nafas olinsa, qurol tebranadi: nafas olinganda, stvol pastga jiladi, nafas chiqarmasa — tepaga jiladi. Qurol 1-2 sm atrofida tebranadi, bu 100m gacha otishda mo‘ljalash nuqtasidan o‘qlarni 1m gacha tepaga va pastga sochilib ketishiga sababchi bo‘ladi.

Tepkiga o‘ng qo‘l ko‘rsatkich barmog‘ining birinchi bo‘g‘inini qo‘yish va astalik bilan to‘g‘ri orqaga ezish zarur. Agar barmoqning 2-bo‘g‘ini bilan qo‘yilsa, ezish orqaga chapga buriladi, natijada qurol ham chapga jilib ketadi.

Ilmoqni tushirish uchun chap qo‘l bilan qurol sevyosidan yoki o‘qdondan, o‘ng qo‘l bilan pistolet dastasidan ushlab elka tomonga tortiladi, nafasni to‘xtatib, tepkiga otish yuz berguncha eziladi.

Ilmoqni tushirish paytida tekkis mushkaning mo‘ljallash nuqtasida engil tebranishiga ahamiyat berish kerak emas. Tepkini ezayotganingizda nafas olmay tura olmasligingizni sezsangiz, barmoq bilan ilmoqchaga ezishni kuchaytirmay va susaytirmay, nafas olishni davom ettirish, uni chiqarishda to‘xtatib, mo‘ljalni aniqlab va tepki ezishda davom etish zarur.

Avtomatdan uzluksiz otishni amalga oshirayotganda avtomat qo‘ndog‘ini elkada mahkam ushlab, tirsak holatlarini o‘zgartirmay tekis mushkani mo‘ljallash nuqtasi ostida ushlash kerak. Har bir uzluksiz otishdan so‘ng mo‘ljallashning to‘g‘riligini tikkalash va otishni davom ettirish zarur. YOtgan holda otayotganda avtomatni o‘qdon bilan tuproqqa tirashga  ruxsat etiladi.

Kichik kaliberli (pnevmatik) vintovkadan otish mashqini bajarish.

Muallif: Xasanov M

mavzular

manba