Mikroorganizmlarga biologik omillarning ta’siri

Mikroorganizmlarga biologik omillarning ta'siri

Mikroorganizmlarga biologik omillarning ta’siri.

Tabiiy sharoitlarda mikroorganizmlarning turlari alohida o‘smay birgalikda o‘sadilar. Ular orasida har xil munosabat tug‘ilishi mumkin. Ba‘zan ikkita yoki bir nechta organizmning birgalikda hayot kechirishi ular uchun yaxshi va foydali bo‘ladi. Bunday turdagi munosabatni simbioz deyiladi. Simbiontlar bir birlari bilan qisman metabolitlari bilan almashadilar. Masalan, kefir zamburug‘larida sut achitqi bakteriyalar va achitqilar simbiozda yashaydilar. Sut achitqi bakteriyalari sut kislotasini, achitqilar esa vitaminlarni hosil qilib, ular o‘zaro metabolitlari bilan almashadilar. O‘simliklardagi simbiozning yorqin misoli lishayniklar. Ular mog‘or zamburug‘lari va suv o‘tlarining simbiozi natijasida bunyod bo‘lganlar. Birinchisi geterotrof bo‘lib organik modalardan, ikkinchisi esa avtotrof bo‘lib, mineral moddalardan oziqlanadi.

Alohida mog‘or zamburug‘i va suvo‘tlari o‘sha sharoitlarda o‘sa olmaydilar. Yuqori o‘simliklar va bakteriyalarning simbiozi misoli:dukkakli o‘simliklar va tuganak bakteriyalari. Ko‘pincha hayvon va bakteriyalar o‘rtasida simbioz munosabati uchraydi. Masalan, Afrikadagi parrandaasalxo‘rdan boshqa hech bir hayvon asalarilar mumini o‘zlashtira olmaydilar. Asalxo‘r ichaklarida esa maxsus bakteriyalar yashab, mumni parchalaydi. Yana misol: kuya , termit va (boshqa hasharotlar: yog‘och, soch, yung va boshqa materiallarni eganda ichaklaridagi mikroblar o‘sha materiallarni parchalaydilar. Mikroorganizmalar qiyin hazm bo‘ladigan materiallarni parchalab, egasining organizmi o‘zlashtirishiga yordam beradilar. Ko‘pchilik uy hayvonlari ham (sigar, ot, qo‘y, echki va boshqalar) kletchatka parchalovchi mikroorganizmlar yordamida dag‘al ozuqalarni o‘zlashtira oladilar.

Agar bir organizm ikkinchisining hisobiga rivojlansa, va birgalikdagi hayotda foydani faqat bir organizm olsa, munosabatlarini «parazitizm» — deb ataladi. Masalan, o‘simliklardan zarpechak, daraxtlardagi zamburug‘lar parazitlardir. O‘simlik hayvon va odamlarda yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroblarning hammasi parazit. Djek London «Alaya chuma» kitobida yuqori darajada rivojlangan sivilizatsiya yuqumli kasaldan yo‘q bo‘lib, yana hayot tosh davridan boshlangan. Ammo hayotda bunday bo‘lmaydi, chunki epidemiyalar ko‘p davlatlarni xonavayron qilsada, butun sivilizatsiyani yo‘q qila olmaydi.

O‘simliklar va hayvonlar dunyosida butun biologik turni yo‘qota oladigan fojeali epidemiya bo‘lmaydi. Egasini butunlay qirib yuborish parazitlar uchun foydasi yo‘q. Chunki egasi tirik tursa, parazitlarga ham ovqat, ham uy tayyordir. Egasi o‘lganda uning tanasidagi hamma yoki ko‘pchilik parazitlar o‘ladi. Ammo tabiatda ko‘p hayvonlarni o‘ldiruvchi vayronali epidemiyalar (epizootiyalar) bo‘lib turadi.

Mikroorganizmlar orasida shunday munosabatlar ham bo‘ladiki, birinchi mikroorganizmning hayot kechirishi ikkinchisini rivojlanishini ta‘minlaydi. Bunday munosabatlar metabioz deb ataladi. Masalan, sutdagi mikroorganizmlarning almashinuvida sutda birinchi bo‘lib sut achitqi bakteriyalari rivojlanib, muhit pH ni pasaytiradi va mog‘or zamburug‘lari rivojlanishiga sharoit tug‘diradi. Zamburug‘lar esa achitqilarga, ular chirituvchi bakteriyalariga metabolitlari tufayli birin-ketin rivojlanishlari uchun qulay sharoitlar yaratadi.

Yana misol: achitqilar qanday substratlarda qandni spirtga aylantiradi. Spirtli muhitda esa sirka achitqich bakteriyalar spirtni sirka kislotaga aylantiradi, so‘ng mog‘or zamburug‘lari uni karbonat angidrid va suvgacha parchalaydilar.

Mikroorganizmlar o‘rtasida antogonizm munosabatlari ham mavjud. Bunda bir turdagi mikrob ikkinchisiga salbiy ta‘sir etib, ularni o‘ldiradi. Mikroorganizm antogonizmining sababi turlidir. Ba‘zan ozuqada bir mikrob ikkinchisiga nisbatan tezroq rivojlanib, ikkinchisiga ozuqa yetishmay, o‘smay qoladi. Boshqa vaqt mikroorganizm ozuqaning pH ini o‘zgartirib, ikkinchi mikroorganizm uchun noqulay sharoit yaratadi. Masalan , sut achitqich bakteriyalari chirituvchi bakteriyalarga nisbatan antogonistdir. Bu xossa sabzavotlarni tuzlashda kuzatiladi. Tuzlangan mahsulotlarda sut achitqich bakteriyalari rivojlanib, chirituvchi bakteriyalardan saqlaydi. I.I.Mechnikov sut achitqich bakteriyalari chirituvchi bakteriyalar uchun antogonistligini birinchi bo‘lib aniqlagan va inson umrini uzaytirish uchun har kuni yotishdan avval bir stakan qatik ichish kerak deb tavsiya qilgan.

Petri chashkalariga ozuqa moddali agarni quyib, uning yuzasida bir vaqtda turli mikroorganizmlar o‘stirilsa, ko‘pincha antogonizm xossasini kuzatish mumkin. Antogonist — mikrob koloniyasini atrofida steril zonalar shu antogonistga nisbatan sezgir mikroorganizmlar o‘sa olmagan zonalar hosil bo‘ladi.Mikroorganizmlarga biologik omillarning ta’siri

Muallif: M.Hamdamov; A.Tashmuratov.

mavzular

manba