Shartli-patogen bakteriyalar tomonidan qo’zg’atiladigan oziq-ovqat toksikoinfeksiyalari.

Shartli-patogen bakteriyalar tomonidan qo'zg'atiladigan oziq-ovqat toksikoinfeksiyalari.

Shartli-patogen bakteriyalar tomonidan qo’zg’atiladigan oziq-ovqat toksikoinfeksiyalari.

Shartli-patogen bakteriyalar tomonidan qo’zg’atiladigan oziq-ovqat toksikoinfeksiyalari.   Odamning terisi, ichagi, nafas olish yo‘llarida yashovchi mikroorganizmlar odam yashashining normal fiziologik sharoitlarida kasallik qo‘zg‘atmaydilar. Lekin organizm kuchsizlanganida ular kasallik qo‘zg‘ata oladilar. Shuning uchun bunday mikroorganizmlar shartli-patogenlar deyiladi. Ayrim shartlipatogen mikroorganizmlar endotoksinlar ishlab chiqaradi. Bu mikroorganizmlar bilan kuchli infeksiyalangan oziq-ovqat mahsulotlari zaharlanishni keltirib chiqarishi mumkin.

Shartli-patogen bakteriyalar qo‘zg‘atadigan zaharlanish salmonellyoz toksikoinfeksiyasi singari kechadi.

Toksikoinfeksiya yuzaga kelishi uchun mahsulotda yuqori titrli (1gr mahsulotda 105

106 ta hujayra) toksigen bakteriyalar bo‘lishi kerak.

Shartli-patogen bakteriyalar ichidan oziq-ovqat toksiko-infeksiyasini chaqiradigan ichak tayoqchasi, protey, perfringes, enterokokkilar va batsilla sereus muhim ahamiyatga ega.

Ichak tayoqchasi Escherichia coli odam yo‘g‘on ichagi mikroflorasining doimiy normal yashovchisi bo‘lib hisoblanadi. Ichak tayoqchasi uning uchun tabiiy bo‘lgan muhit — odam yo‘g‘on ichagida yashab, inson hayotiga ijobiy rol o‘ynaydi. Ular odamga zarur bo‘lgan vitaminlar («V» guruhi, «K» va boshqalar)ni, ayrim ichak infeksiyalari (dizenteriya, qorin bo‘shlii tifi)ni qo‘zg‘atuvchilarga antibiotik ta‘sir etuvchi modda – kolitsinlarni sintez qiladilar.

  1. coli ning ayrim turlari ma‘lum sharoitlarda patogenlik xususiyatini namoyon qiladilar. Organizmning mudofaa funksiyasi zaiflashganda ular ichakdan boshqa organlarga o‘tib turli xil yallig‘lanish jarayonlari (peritonit, sistit va boshqalar)ni qo‘zg‘atadilar. Escherichia coli ning bunday shartli-patogen varianti bilan birgalikda odamlarda o‘tkir ichak kasallik (gastroenterit, kolienterit)lari va oziq-ovqat toksikoinfeksiyasini qo‘zg‘atuvchilari ham mavjud. Oziq-ovqatga bu mikroblarning tushishiga kasal (yoki batsilla tashuvchi) odam yoki issiq qonli hayvonlar sababchi bo‘ladi.

Escherichia coli bakteriyasi Enterobacteriaceae oilasiga kiradi. Bular harakatlana oladigan, gramsalbiy, spora hosil qilmaydigan fakultativ anaerob tayoqchalar. Hujayrasining shakli va o‘lchami sharoitga bog‘liq holda sezilarli darajada o‘zgaradi.

Escherichia coli glyukozani kislotalar va gazlar hosil qilib bijitadi. Ko‘pgina shtammlari laktozani ham bijg‘ita oladi. Rivojlanishi uchun optimal harorat 37 oC, lekin 40-45 oC haroratda ham yaxshi rivojlana oladi. 60 oC haroratgacha qizdirilganida 15-20 min da, 75 oC da – 4-5 min da halok bo‘ladi. Rivojlanishining minimal harorati 5-10 oC, lekin 0 oC da ham rivojlana oluvchi shtammlari mavjud.

Rroteus (protey) Enterobacteriaceae oilasi vakili. Tabiatda (tuproq, suv, oziq-ovqat mahsulotlari) va odam ichagida uchraydi.

Protey shartli-patogen mikroorganizmlarga taalluqli bo‘lsada, ayrim vakillari patogen xususiyatlariga ega bo‘lib, yallig‘lanish jarayonida ishtirok etadi. Shu bilan birga enterotoksinlar hosil qiluvchi vakillari ham mavjud. Protey faol rivojlangan oziq-ovqat mahsuloti toksikoinfeksiya turidagi zaharlanishga olib keladi. Ko‘proq go‘sht va baliq mahsulotlar bunday zaharlanishga sababchi bo‘ladilar.

Shartli-patogen bakteriyalar tomonidan qo’zg’atiladigan oziq-ovqat toksikoinfeksiyalari.

Muallif: M.Hamdamov; A.Tashmuratov.

mavzular

manba