Tovush artikulyatsiyasi haqida ma’lumot.

Оглавление/Munadarija

Tovush artikulyatsiyasi haqida ma’lumot.

Tovush artikulyatsiyasi  egallash ancha uzoq va murakkab jarayon bo‘lib, u ko‘pincha besh yil, ba’zan esa yetti yilgacha cho‘ziladi: bu boradagi ishlar muvaffaqiyatli olib borilgan taqdirda bola besh yoshdan boshlab sof so‘zlay boshlaydi. «Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalash dasturi» bola hayotining yettinchi yiliga kelib – ya’ni, bolalarga o‘qish va yozishni o‘rgatish boshlanadigan davrga kelib uning barcha tovushlar artikulyatsiyasini to‘liq o‘zlashtirishini ta’minlash vazifasini qo‘yadi.

 

Bolalarga to‘g’ri talaffuzni o‘zlashtirish vazifasi agarda ular orfoepik talaffuzli shaxslar ichida o‘sayotgan bo‘lsa juda oson hal etilishi (bu holda ularda birinchi kundan boshlab artikulyatsiya bazasi to‘g’ri shakllanadi) va ayni paytda u kattalardan shevaga xos yoki xalqona talaffuzdagi so‘zlarni eshitsa bu jarayon juda qiyin kechishi (aniqrog’i –hech narsani o‘zlashtira olmasligi) mumkin.

 

Til haqidagi fanda turli toifadagi gaplar intonatsiyasi va o‘z-o‘zidan, prosodemalar, ularning artikulyatsiya organlarini modullashtirishdagi ishtiroki masalasi juda kam o‘rganilgan.

 

Nutqni rivojlantirish metodikasi boshqa har qanday pedagogika fani sifatida ijtimoiy fanlar sirasiga kiradi. Til va fikrlash haqidagi ta’limotlar uning metodologik asosi hisoblanadi. Xuddi til kabi insonning birgalikdagi mehnat faoliyati mobaynida paydo bo‘ladigan va rivojlanadigan fikrlash uni o‘rab turgan borliq aksi hisoblanadi. Tilning fikrlash bilan mustahkam uzviy bog’liqligi kishilarning ishlab chiqarish faoliyati, fikr almashish va birgalikda harakat qilish zarurati tufayli yuz beradi. Garchi til va fikrlash bir-birisiz mavjud bo‘lolmasa-da, ular aynan bir hodisaga taalluqli emas.

 

Maktabgacha yoshdagi katta bolalar nutqini rivojlantirishdagi asosiy natijalar muloqot sohasidagi chuqur o‘zgarishlar bilan bog’liqdir. Tengdoshlar bilan muloqot qilish birinchi o‘ringa o‘tadi. Bola o‘z tengdoshini kattalardan afzal ko‘ra boshlaydi. O‘yin jarayonidagi o‘rtog’iga qaratilgan nutq kattalar bilan bo‘lgan muloqotga qaraganda ancha mazmunliroq bo‘la boshlaydi. Sherik bilan dialog — muvofiqlashtirilgan predmetli va nutqiy faoliyat tusiga ega bo‘ladi. Bolalar endi qo‘shnilari e’tiborini jalb qila oladilar, o‘zlari ham uning ishlari va bildirgan fikrlari bilan qiziqadilar.

 

Maktabgacha yoshdagi katta bola uchun nutq ob’ektiv aloqalarning o‘ziga xos sohasi sifatida namoyon bo‘ladi, u bularni so‘z, tovush, qofiyalar va fikrlar bilan anglaydi.

 

Maktabgacha yoshdagi katta bolalar nutqi vazifalari turlicha. Nutqdan atrofdagilar bilan aloqa o‘rnatishda, o‘ziga, o‘z ishlariga va kechinmalariga diqqatni jalb qilishda, bir-birini o‘zaro tushunishda, sherik xulqiga, uning fikri va hissiyotlariga ta’sir ko‘rsatishda, o‘z faoliyatini tashkil etishda, o‘yindagi o‘z o‘rtog’ining harakatlarini muvofiqlashtirishda foydalaniladi. Nutq atrof-muhit haqidagi muhim bilim manbai, tabiat, narsalar va odamlar dunyosi haqidagi tasavvurlarni qayd etish vositasi, bilish faoliyati vositasi bo‘lib xizmat qiladi.

 

O‘zining amaliy, bilish va shaxsiy ehtiyojlarini qondirish uchun bola mavjud barcha vositalardan, vaziyatdan kelib chiqib beixtiyor bildirilgan fikrlardan, nonutqiy vositalardan (imoishoralar, yuz ifodasi, harakat) va matnli nutqdan (foydalanilgan vositalar asosida tushunarli bo‘lgan) foydalanadi.

 

Nutqning barcha turlari va shakllari til shaxsining takrorlanmas individual qiyofasini

 

yaratgan holda o‘zaro hamjihatlikda mavjud bo‘ladi

 

Dialogni rivojlantirish nafaqat shunchaki nutqning muayyan kompozitsion shaklini o‘zlashtirish, balki bolaning ijtimoiy va shaxs jihatdan shakllanishining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Dialogik muloqot nafaqat aloqa (intellektual axborot) va o‘z manfaatlariga yo‘nalishni, balki sherikning nuqtai-nazarini, uning qiziqishlari, istaklari, kayfiyatini hisobga olishni ham ko‘zda tutadi. Dialogda nutqiy harakatlarni muvofiqlashtirish bevosita o‘z tengdoshini tushuna olish va uning nuqtai-nazarini qabul qilishga bog’liq bo‘ladi.

 

Nutqni rivojlantirish – bolaning yakka tartibdagi psixologik jarayonida markaziy o‘rinni egallovchi ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirishiga doir murakkab va ko‘p omilli jarayondir.

 

Bolalar nutqini rivojlantirishga doir ishlar maktabgacha tarbiya tashkilotsidagi ta’limtarbiya ishlari ichida alohida o‘rin tutadi. Ushbu ishning maqsadi — quyidagilardan iborat: bolalarga nutqiy muloqotning muhim shakli – og’zaki nutqni adabiy til me’yorlariga muvofiq holda egallashni, to‘liq ko‘rinishda esa tushunish va faol nutqqa kirishishni o‘rgatish. Mazkur maqsaddan kelib chiqqan holda maktabgacha yoshdagi bolalar nutq madaniyatini rivojlantirish borasidagi vazifalar quyidagilar hisoblanadi:

 

1.Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash;

 

2.Lug’atni boyitish, mustahkamlash va faollashtirish;

 

3.Nutqning grammatik to‘g’riligini takomillashtirish;

 

4.Og’zaki (dialogik) nutqni o‘rgatish;

 

5.Ravon nutqni rivojlantirish;

 

6.Badiiy so‘zga qiziqishni tarbiyalash; 7. Savod o‘rganishga tayyorlash.

 

Nutqni rivojlantirish metodikasi psixolingvistikaning asosiy qoidalari asosida quriladi. Uning «Til inson faoliyatining barcha sohalarida muloqot vositasi bo‘lib xizmat qiladi» degan asosiy qoidasi nutqni rivojlantirish metodikasida dasturilamal bo‘lib hisoblanadi. Shu bois nutqni rivojlantirish metodikasi tarbiyachini muloqot vositasi sifatida bolalar nutqini rivojlantirishga oid bilimlar va qobiliyatlar bilan qurollantirishga qaratilgandir.

 

Nutq madaniyati – bu to‘g’ri so‘zlay olish, ya’ni nutqiy muloqot shartlari va fikr bildirishdan ko‘zlangan maqsadni hisobga olgan holda hamda barcha til vositalaridan (til vositalaridan, shu jumladan intonatsiya, leksik zahira, grammatik shakllardan) foydalangan holda bayon qilinayotgan mazmunga mos holda gapirishdan iboratdir.

 

Bolalarga ona tilida nutqni o‘rgatish tajribasidan ma’lumki, alohida tovushlar artikulyatsiyasini o‘zlashtirish bola uchun eng qiyin vazifa hisoblanadi. O.I.Soloveva nutqning tovush madaniyatini tarbiyalashga doir ishlarning asosiy yo‘nalishlarini belgilar ekan, «pedagog oldida bolalarga so‘zlardagi tovushlarni sof, toza talaffuz qilish, so‘zlarni rus tilining orfoepiya qoidalariga muvofiq holda to‘g’ri talaffuz qilish, aniq talaffuz etishni (yaxshi diksiya) o‘rgatish, ularda ifodali nutqni tarbiyalash vazifalari turganligini» ta’kidlaydi[1].

 

Ayni paytda nutqdagi tovushni shakllantirish jarayonida tarbiyachi ayrim logopedik usullardan foydalanishi, ya’ni xuddi logoped kabi nutq kamchiliklarining oldini olishga qaratilgan ishlar bilan shug’ullanishi mumkin.

 

Tilni amalda o‘zlashtirish ona tilining barcha tovush birliklarini (tovush – bo‘g’in – ibora

 

— matn) tinglab ajratib olish va ularni to‘g’ri talaffuz qilishni nazarda tutadi, shuning uchun maktabgacha yoshdagi bolada tovushni talaffuz qilishni shakllantirish borasidagi ishlar muntazam ravishda olib borilishi lozim.

 

Ohang, tembr, pauza, urg’ulashning turli xillari tovush ifodaliligining muhim vositalari hisoblanadi. Bolaga intonatsiyadan to‘g’ri foydalanishni, bildirilayotgan fikrning nafaqat mazmuniy ahamiyatini, balki emotsional xususiyatlarini ham bergan holda, uning intonatsion tasvirini qurishni o‘rgatish juda muhim. Shu bilan parallel ravishda, vaziyatdan kelib chiqqan holda, talaffuz tempi, past-balandligini to‘g’ri qo‘llash, tovushlar, so‘zlar, iboralar, gaplarni aniq talaffuz qilish (diksiya) qobiliyatini shakllantirish ishlari ham olib borilishi lozim.Tovush artikulyatsiyasi 

 

Bolalarda nutqning intonatsion jihatiga diqqat-e’tibor qaratishni tarbiyalar ekan, katta yoshli odam (pedagog) uning nutqni tinglash qobiliyatini, tembr (har bir tovushning o‘ziga xos bo‘lgan sifati) va vaznni his qilish, tovush kuchini sezishni rivojlantiradi, bu esa kelgusida musiqa tinglash qobiliyatini rivojlantirishga ham ta’sir ko‘rsatadi.

 

Nutq intonatsiyasi, tovushning ifodaliligi ustidagi ishlar bolalarning bildirilayotgan fikrga nisbatan, matndan kelib chiqqan holda, ovozini balandlatib yoki pasaytirib, talaffuz qilinayotgan matnga mantiqiy va emotsional urg’u berish orqali o‘z munosabatini bildirishni o‘rganishlari uchun zarur. Buning uchun pedagog tegishli topshiriqlardan ko‘proq foydalanishi lozim. Aynan ushbu qobiliyatlar bolaga turlicha intonatsion ifodalashni talab qiluvchi turli xildagi ravon fikrlarni tuzish – hikoya qilish, tasvirlash, mulohaza yuritish uchun zarur bo‘ladi.

 

Tarbiyachi nutqning tovush jihatini rivojlantirar ekan, bolaga fikrlarning predmet, fikr bildirish mavzusi va tinglovchilardan kelib chiqqan holda kommunikatsiya maqsadlari va shartlariga mos kelishini hisobga olishni o‘rgatishi lozim.

 

Nutqning past-balandligi o‘rinli bo‘lishi, tezligi esa atrofdagi muhitga va fikrning maqsadiga mos kelishi lozim. Yaxshi, to‘g’ri nutqning muhim ko‘rsatkichi bo‘lib uning ravonligi hisoblanadi.

 

Artikulyatsion va intonatsion qobiliyatning uzviy bog’liqligi keng ma’nodagi tinglash va artikulyatsion-talaffuz ko‘nikmalarini shakllantirishni nazarda tutadi.

 

Ish jarayonida tarbiyachi bolalarga so‘zning tovush tarkibini, so‘zdagi urg’u o‘rnini tinglab, aniqlay olishga, qofiya va vaznni his qilish tuyg’usini rivojlantirishga, aniq talaffuzni, so‘zlar, iboralar, gaplarning turli intonatsion tavsiflarini bera olish qobiliyatini shakllantirishga yordam beradigan mashqlardan foydalanishi zarur.

 

Bu murakkab nutqiy ko‘nikmalarni shakllantirish fonetik mashqlarni takrorlashni, ularni muntazam ravishda o‘tkazishni talab qiladi.Tovush artikulyatsiyasi

 

Har bir nutqiy vazifa ustidagi ishlarning ustuvor yo‘nalishlarini ajratar ekanmiz, ularning barchasi o‘zaro bog’liqlikda va yaqin o‘zaro hamkorlikda ishtirok etishini ta’kidlash lozim.

 

Ravon nutqni rivojlantirish asosida turli aloqa vositalaridan (so‘zlar, gaplar, matn qismlari o‘rtasida) foydalanish, turli toifadagi matnlar – tasvirlash, bayon qilish, mulohaza yuritish tuzilmasi haqidagi tasavvurlarni shakllantirish qobiliyatini o‘rgatish yotadi. Lug’atni rivojlantirishda so‘zning mazmuni ustidagi ishlar dastlabki o‘ringa chiqadi, chunki aynan so‘zlarni matnga muvofiq holda semantik tanlab olish (ko‘p ma’noli so‘zlar mazmunini ochib berish, sinonimik va antonimik taqqoslash) til va nutq hodisalarini anglab yetishni shakllantiradi.

 

Mashg’ulot: Tasviriy hikoya tuzishga o‘rgatish. Mavzu: «Kuz».

 

Maqsad: Voqeani, tasvirlashda vaqtni to‘g’ri ifodalash, sodda yoyiq gaplarni qo‘llashga o‘rgatish

 

Vazifalar:

 

«Kuz» mavzusida lug’atni faollashtirish.

 

Voqea-hodisalarning muhim belgilarini ajratishga, solishtirishga va umumlashtirishga ularni ifodalash uchun aniq so‘zlarni tanlashga o‘rgatish.

 

Bog’lanishli nutq–hikoya tuzish ko‘nikmalarini shakllantirish.

 

Jumlalarni, tovushlarni aniq aytish, ovoz ohangini to‘g’ri qo‘llash. Kutilayotgan natijalar:

 

Voqeani tasvirlashda sodda yoyiq gaplarni qo‘llashni o‘rganadilar.

 

Grammatik jihatdan to‘g’ri so‘zlashga intiladi.

 

«Kuz» mavzusida lug’at faollashadi.

 

Voqea-hodisalarning muhim belgilarini ajratishga, solishtirishga va umumlashtirishga ularni ifodalash uchun aniq so‘zlarni tanlashga o‘rganadilar.

 

Jumlalarni, tovushlarni aniq aytadilar, ovoz ohangini to‘g’ri qo‘llay oladilar.

 

Bolalar bilimlarini kengaytirishga yo‘naltirilgan, ishtirok etishga mo‘ljallangan interfaol usullar:

 

Aqliy hujum.

 

Qisqa hikoya.

 

Savol- javob.

 

Tetiklashtiruvchi mashqlar.

 

Borishi. Bugun biz kuz fasli haqida hikoya tuzamiz. Kuz faslida tabiatda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi. Kuzda ob-havo turlicha bo‘ladi?

 

a)quyosh nur sochsa, osmon musaffo va tiniq bo‘lsa, kuzni qanday atash mumkin? (Oltin kuz, erta kuz).

 

b)agar osmon bulutlar bilan qoplangan bo‘lib, sovuq shamol essa, tez-tez yomg’ir

 

yog’sa, kuzni qanday atash mumkin? (Kech kuz, sovuq kuz, seryomg’ir kuz).

 

d) kuzda daraxtlarda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi? (barglar qizg’ish-sariq tusga kiradi, yerga to‘kiladi).

 

s) kuzda qushlar qanday yashashadi? Qaysi qushlar uchib ketishadi?

 

Jismoniy daqiqa.

 

Tarbiyachi bolalar javoblarini umumlashtirib, bolalarni kuz haqida hikoya tuzishga taklif etadi. Hikoya tuzganingizda kuzgi ob-havo qandayligi haqida gapiring, Kuzda kattalar mehnati haqida gapiring. Hikoya tuzganingizda hozir ishlatilgan so‘zlardan foydalanishingiz mumkin (56 ta bolalar hikoyasi tinglanadi). Eslatma: Tarbiyachi «Kuz» mavzusida o‘zi hikoya namunasini tuzib berishi mumkin. Issiq yozdan so‘ng kuz fasli keladi. Kuz fasli kirib kelishi bilan havo salqinligi seziladi. Daraxt barglari birin-ketin qizg’ish-sarg’ish tusga kira boshlaydi. Qaldirg’och, ko‘k qarg’a, turna kabi qushlar uchib ketishadi. Bog’larda kuzgi mevalar pishib yetiladi. Paxtazorlarda paxtalar oppoq bo‘lib ochiladi. Dala va bog’larda ish qizg’in bo‘ladi. Kuzgi meva, poliz ekinlari yig’ib olinadi. Tarbiyachi mashg’ulotni maqol aytish bilan yakunlashi mumkin. Maqol mazmunini bolalarga tushuntirib beradi.

 

Yer haydasang kuz hayda,

 

Kuz haydamasang yuz hayda.

 

Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar :

 

Kuz faslida tabiatda qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

 

Kuzda ob-havo qanday bo‘ladi?

 

Qanday qushlar uchib ketishadi?

 

Bog’larda qanday mevalar pishadi?

 

Qanday poliz ekinlari pishib yetiladi?

 

Kimning hikoyasi sizga yoqdi?

 

Mashg’ulot:

 

Mavzu: Suratga qarab hikoya tuzish: «Paxta – milliy boyligimiz».

 

Maqsad Tasvir bo‘yicha mazmunli hikoya tuzishga o‘rgatish.

 

Vazifalar:

 

Tasvir bo‘yicha voqeani tugallashga, suratga nom topishga o‘rgatish.

 

Gapirganda so‘zlarni bir-biriga bog’lab, jumlalar tuzish malakasini mustahkamlash.

 

Paxtaning o‘zbek xalqi turmushidagi o‘rni, asosiy milliy boyligimizdan, biri ekanligini tushuntirish.

 

Bog’lanishli nutq – hikoya tuzish ko‘nikmalarini shakllantirish.

 

«Paxtazor» mavzusida bolalar lug’atlarini faollashtirish.

 

Bolalarning faol lug’atiga mexanizator, paxta terar mashina, mahsulotlar nomlarini kiritiladi. Kutilayotgan natijalar:

 

Tasvir bo‘yicha mazmunli hikoya tuzishga o‘rganadilar

 

Hikoya to‘qishga qiziqish uyg’onadi

 

Gapirganda so‘zlarni bir-biriga bog’lab, jumlalar tuzish malakasi mustaqkamlanadi.

 

Kerakli jihozlar:

 

«Paxtazor» mavzusida rasmlar,

 

Paxtadan tayyorlanadigan mahsulotlardan namunalar (paxta, sovun,ip kabilar).

 

Mashg’ulotning borishi. Bolalarga ko‘rinarli qilib «Paxtazorda» mavzusida surat ilinadi. Tarbiyachi qisqagina kirish suhbati o‘tkazadi.

 

Bolalar, paxta – o‘zbek xalqining faxri, milliy boyligi hisoblanadi. Uni e’zozlab «Oq oltin» deb ataydilar. Paxta yetishtirish uchun dehqonlarimiz juda ko‘p mehnat qiladilar. Bahor va yozda paxtani parvarish qiladilar. Kuzda paxtalar oppoq bo‘lib ochiladi. Hosil yig’ib terib olinadi. Paxtadan ip, gazlama, yog’, qog’oz kabi mahsulotlar olinadi. So‘ngra tarbiyachi bolalar diqqatini suratga jalb qiladi.

 

1.Suratda qayer tasvirlangan? (paxtazor).

 

2.Bolalar nima haqida suhbatlashyaptilar?

 

3.Suratga nima deb nom berish mumkin?

 

4.Paxtalarni qanday mashinalar teryapti?

 

5.Paxta terar mashina haydovchisini kim deb ataymiz? (mexanizatorlar) 6. Paxtadan qanday mahsulotlar olinadi?

 

Tarbiyachi: Mana endi, suratga qarab hikoya tuzishga harakat qiling. Avval hikoyaga qanday nom berishingizni ayting?

 

Bolalar hikoya tuzishga qiynalsalar tarbiyachi hikoya namunasini beradi. Tarbiyachining hikoya namunasi:

 

Katta paxta dalasi. Paxtalar qiyg’os ochilgan. Uchta paxta terar mashina paxta dalasida ishga tushirilgan. Paxta terar mashinani mexanizatorlar boshqaryaptilar. Shahzoda va

 

Zuxriddinlar paxtazorni tomosha qilib turibdilar. Zuxriddin Shahzodaga «Men katta bo‘lsam albatta mexanizator bo‘laman. Mashinada paxta terishni orzu qilaman» dedi.

 

Hikoyangizni qiziqarli tugating (bolalar hikoyalarini tugatishga qiynalsalar, tarbiyachi ularga yordam berishi mumkin).

 

Harakatli o‘yin: «Kim tezroq paxta teradi».

 

Ikkita guruh bittadan yugurib borib, chanoqni olib, savatga solishadi, orqaga qaytib, safning ortiga turishadi.

 

Bolalar bilimini tekshirish va mustahkamlash uchun savollar :

 

Paxtani kimlar yetishtiradi?

 

Paxtadan qanday mahsulotlar olinadi?

 

Paxtalarni qaysi mashinalarda teradilar? Kimning hikoyasi sizga yoqdi?

 

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:

 

1.Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan lug’at ishini olib borish vazifasi.

 

2.Ko‘p ma’noli so‘zlar ustidagi ishlar qaysii yo‘nalishlar bo‘yicha olib boriladi?

 

3.Lug’at ishi jarayonida qaysi sifatlarning oshishiga erishiladi?

 

4.lug’at ishlarini tashkil qilishda nimalarni hisobga olish lozim?

 

5.Lug’atni boyitish va faollashtirishga qanday erishiladi?

 

Xulosa:

 

    Nutqning grammatik tizimini o‘zlashtirish ustidagi ishlar jarayonida nutqning turli qismlarida so‘z hosil qilish usullarini o‘rganish, til umumlashmalarini shakllantirish, shuningdek, sintaktik tuzilmalar qurish (oddiy va qo‘shma gaplar) vazifalari bosh vazifa sifatida namoyon bo‘ladi. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalashda intonatsion ifodalilik, temp, talaffuz va fikrni bayon qilishning ravonligi ustida ishlashga ko‘proq ahamiyat berish darkor, zero, ravon nutqning shakllanishi ushbu ko‘nikmalarga asoslanadi.Tovush artikulyatsiyasi 

Muallif: Babayeva D.R. 

mavzular

manba