21-mart Navro’z bayrami uchun chiroyli she’rlar

21-mart Navro’z bayrami uchun chiroyli she’rlar ni e’tiboringizga havola etamiz. Ushbu navro’z haqidagi she’rlarni yod oling.

21-mart Navro'z bayrami uchun chiroyli she'rlar

Hademay Navro’z

Hademay Navro'z

Hademay nastarin gullaydi bodrab,
Osmonga hushimni eltib ifori.
Quyoshli shudringlar tushar ertalab.
Yuvib dillardagi qishning gʼuborin.

Hademay qaldirgʼoch keladi qaytib,
Oʼrik shohlarida boʼrtar dovuchcha,
Turnalar azaliy qoʼshigʼin aytib,
Sumalak pishadi tong otgunicha.

8-mart bayrami she’rlar

Hademay lolalar boʼsadek titrab,
Togʼlar viqoriga munis boqarlar,
Yana necha-necha oshiqlar yigʼlab,
Bir-birin bagʼrida gulhan yoqarlar.

Mening bir kunim ham kun deb Qish nochor,
Ketolmay qor sepib turadi hanuz,
Bir kuy yaraladi,Quyosh bastakor,
Hademay Navroʼzdir, hademay Navroʼz!

Navro’z haqida Ko’proq she’rlar

Kelmoqda Navro’z

Soginchlardan yasay sizga guldasta
Guldasta qilib qalbim payvasta
Olislardan turib deyman men asta
Navrözi ayyom muborak bo’lsin!
Avval yuragingga mo‘ralaydi u,
So‘ngra kurtaklarga o‘rgatadi so‘z.
Zaminning ko‘zidan qochadi uyqu,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.

Qishning ahvoliga boqib hoynahoy,
Yum-yum yosh to‘kmoqda eriyotgan muz.
Jilva qilayotir tengsiz bir chiroy,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.

Ona bag‘ri kabi iliqdir olam,
Harir hovur ichra yayrar dala-tuz.
Qoldi puchmoqlarda xazon yanglig‘ g‘am,
Demak, Bahor keldi,
Kelmoqda Navro‘z.

Yana ko‘ngillardan rutubat ketdi,
Yana shu’lalardan qamashmoqda ko‘z.
Yana dildorlikning fursati yetdi,
Demak, Bahor keldi.

Navro’z ekan tabrik sizniki

Navro'z ekan tabrik sizniki

Navro’z ekan tabrik sizniki,
Yangi kunda kulgu sizniki,
Bu kun yana zamin bizniki,
Bayram bo’lsin sayyod bizniki!

21-mart Navro’z bayrami uchun chiroyli she’rlar davomi :

Navro’z haqida Ko’proq she’rlar

8-mart

Xush kelding Navro’z O’zbekistonga

Xush kelding Navro’zim O’zbekistonga,
Xush ko’rdik boychechak bodom gullaring.
Istiqlol yuz ochgan ota makonga,
Anvorlar toshiydi toza yellaring.