Fe’llarni otga aylantirishni bilasizmi?

Ingliz tilida shunday fe’llar mavjudki, siz ularni osonlik bilan otlarga aylantirishingiz mumkin. Fe’l va bu qoʻshimchalarni bilish sizda lugʻat boyligini ikki hissa koʻpaytirishga ajoyib imkon beradi. Shuningdek, siz gap joylashuvini oʻzgartirish orqali feʼllarni otlarga almashtirishingiz mumkin. Albatta bu dastlab tushunarsiz va qiyin boʻlishi mumkin, ammo sabr va biroz vaqt sizga bu borada yordam bera oladi.

Qoʻshimchalar qoʻshish

Fe‘lga «-ance» yoki «-ence» qo‘shimchalarini qo‘shing.

Juda ko‘p fe‘llarni «-ance» yoki «-ence» qo‘shimchalarini qo‘shish orqali otga aylantirish mumkin. Masalan, «appear» (paydo bo‘lmoq) fe‘li «appearance» (tashqi ko‘rinish, paydo bo‘lish) ga ya‘ni otga aylanadi.

Misol uchun: «He appeared on many talk shows while promoting his book.» (U o’z kitobini targ’ib qilayotganda ko’plab tok-shoularda paydo bo’ldi) degan gapga qarang. Agar siz fe’lni otga o’zgartirmoqchi bo’lsangiz, «He made many talk show appearances while promoting his book.» (U o’z kitobini targ’ib qilayotganda ko’p tok-shou chiqishlarini qildi), deyishingiz mumkin.

Fe‘lga «-ment» qo‘shing. 

Fe‘lni otga aylantirishning yana bir usuli, «-ment» qo‘shimchasi yordamida yasaladi. Masalan, «appoint» va «assign» (tayinlamoq), «enjoy» (rohatlanmoq) fe‘llari, «appointment,» «assignment», and «enjoyment» otlariga aylanadi.

Misol uchun: «The man enjoyed his lunch» (Bu odam tushligidan zavqlandi) degan gapdagi fe’lni otga o’zgartirmoqchi bo’lsangiz, «The man’s lunch brought him enjoyment» (Bu odamning tushlik qilishi unga zavq keltirdi) kabi o‘zgartirishingiz mumkin.

«-Tion» yoki «-sion» qo‘shimchalarini qo‘shing.

«-Tion» va «-sion» qo’shimchalari ko’p otlarning oxirida uchrab, ushbu qo’shimchalar yordamida turli xil fe’llar otlarga aylantiriladi. Misol uchun, «inform» (xabar bermoq), «decide» (qaror qabul qilmoq), and «describe» (tasvirlamoq) fe‘llari qo‘shimchalar yordamida «information» (ma‘lumot) «decision» (qaror) va «description» (tasvir) kabi otlarga aylanadi.

Misol uchun: «He decided to decline the job offer.» (U ish taklifini rad etishga qaror qildi) degan jumlaga qarang. Agar siz gapda ot ishlatmoqchi bo’lsangiz, «He made the decision to decline the job offer» (U ish taklifini rad etish to’g’risida qaror qabul qildi), deyishingiz mumkin.

Bu usullar nafaqat sizga fe‘llardan ot yasash, balki gapda fe‘l yoki otlarni ajratib olish uchun ham katta yordam beradi. Ingliz tilida fe’llar.

Ingliz tilidan Muazzam Abduqahhorova tarjimasi

Manba: wikiHow