Sifatlar: gapda ularni qanday ajratib olish mumkin? (1-usul)

Sifatlar gap tarkibida otlarni belgisini ta‘riflash uchun ishlatilib, “Qanday?”, “Qanaqa” Qaysi biri” kabi so‘roqlar orqali aniqlanadi. O‘zbek tilida sifatlarni aniqlashimiz-ku oson, lekin ular ingliz tilida bo‘lsa-chi? Unda ularni qanday ajratib olish mumkin? Baxtimizga shunday usullar borki, ular yordamida siz hattoki so‘zlarni tarjimasini bilmasdan turib ham aniqlab olishingiz mumkin. Quyida sizga sifatlarni qanday qilib gapdagi joylashuviga qarab osonlik bilan topib olish mumkinligini ko‘rsatib beramiz.

1-usul. Joylashgan joyiga qarab aniqlash

1.Otni ta‘riflaydigan, otdan oldin kelgan so‘zni qidiring. Bu sifatlarni eng ko‘p ishlatiladigan yo‘llaridan biridir. Gapni o‘qiyotganda avval otni qidiring. Otlarni Kim? yoki Nima? so‘rog‘ini berish orqali topib olish mumkin bo‘lib, odamlar, joy yoki narsalar nomlari otlarga misol bo‘lishi mumkin. Keyin esa ot oldidan uni ifodalash uchun kelgan so‘z bor yoki yo‘qligiga e‘tibor bering. Ot oldidan kelgan so‘zlar juda ko‘p hollarda aynan sifatlar bo‘ladi.

“The short man walked away” gapida “man” (erkak kishi) so‘zi otni, undan oldinda kelgan so‘z “short”( kalta,qisqa) esa sifatni anglatadi.

Malahat: Gap tarkibida bittadan ziyod sifatlar kelishi mumkinligini yodda saqlang! Misol uchun: “The shy, brunette girl smiled,” (Uyatchang, malla sochli qiz tabbassum qildi). Bu yerda “shy”( uyatchang) va “brunette” (malla soch) so‘zlarining ikkisi ham sifatni bildiradi.

2.Otdan keyin kelgan so‘zlarni ko‘rib chiqing.

Gap tuzilishiga qarab sifatlar otdan keyin ham kelishi mumkin. Sifatlar jumlada otdan keyin kelganida, odatda ot va sifatni ajratuvchi vergul qo‘yiladi. Masalan, “The cotton candy, pink and fluffy, called my name,” (“Mening ismim bilan atalgan pushti va xushbo’y paxta qand”), “pink”(pushti) va “fluffy” (xushbo’y) ikkala sifat ham “paxta qandni” ni tasvirlash uchun ishlatiladi.

  • “Carla, tired and weary, crawled into bed,” (“Charchagan va holdan toygan Karla joyiga emakladi”) gapida “Carla”(Karla) ot, “tired” (charchagan) va “weary” (holdan toygan) esa sifatlardir.

3. Fe‘lladan keyin keluvchi sifatlar.

Yana bir sifatlarning keng taqalgan turi- bu ularning fe‘llardan keyin qo‘llanilishidir. Bunda sifatlar ikki turdagi fe‘llardan keyin keladi: To be ( “is,” “will,” “has been,” “was,” ,“are ” va hkz) va Bog‘lovchi fe‘llar (“tastes,” “feels,” “smells,” va “looks.”). Masalan, “The car is red,” (Mashina qizil) “is,” fe‘lni, “red”(qizil) esa sifatni bildiradi.

  • “Janny looks happy” (Janice baxtli ko’rinadi) degan gapda fe’l “looks” (ko’rinadi) bo‘lsa, sifat esa “happy” (baxtli) so‘zidir.

4. Gapdagi qiyosiy darajalarga diqqat qiling.

Bu usul sifatni ajratib olishning eng oson usullaridan hisoblanadi. Shunchaki gapda 2ta otni bir-biriga solishtirgan so‘zni izlang.  Otlarni qiyoslaganda odatda “than” (-dan ko‘ra) so‘zi ishlatiladi.

  • Misol uchun: “Silk is softer than cotton,” (Ipak paxtadan yumshoqroq) degan jumlada “softer” (yumshoqroq) so’zi sifatni bildiradi.

Bu usullarni o‘rganib olish orqali siz osonlik bilan gaplardagi sifatlarni topib olishingiz mumkin, bu ayniqsa sifatni topish vazifasi berilgan topshiriq va testlarni yechishda qo‘l keladi.

Ingliz tilidan Muazzam Abduqahhorova tarjimasi

Manba: wikiHow