Bogʼcha va maktab yoshidagi bolalar tagini tez-tez namlab qoʼyishi tabiiy holmi?

Оглавление/Munadarija

tagini namlab qo'yishiTagini tez-tez namlab qoʼyish.

Аvvalambor, mutaxassisga — bolalar urologiga uchrab, barcha kerakli tekshiruvlardan oʼtish, enurezning sababini aniqlash kerak.

Ota onalarga maslahat.

Ota-onalarga yetkazmoqchi boʼlgan birinchi narsa — agar bolada kasallik tibbiy sabablar orqali boʼlmasa (buyraklar, siydik yoʼllarida infektsiya va boshqalar) va umuman bola fiziologik jihatdan sogʼlom boʼlsa, buning sababi faqat psixologik boʼladi.

Maktab o’quvchilari yeyishi kerak bo’lgan ovqatlar >>

Davolash usullari.

Enurezni davolash usullaridan biri ijobiy psixologik mustahkamlash usuli yoki motivatsion terapiya deb ataladi. Bunday holda bolani “hoʼl” kechalar yoʼqligi uchun emas, balki davolanishni ragʼbatlantiradigan xatti-harakati uchun, masalan, kun davomida yetarli miqdordagi suyuqlik ichish, yotishdan oldin hojatxonaga borish, “tungi hoʼl” choyshabni almashtirishga yordam berish, davolovchi badantarbiyani muntazam bajarish, dori-darmonlarni qabul qilish uchun mukofotlash tavsiya etiladi.

Tirnoq chishlash odatlari >>

Manba