Baqtriya arxitekturasi

Baqtriya – bu geografik makon, viloyat, viloyat nomi esa Baqtr (Balxob) daryosi nomi bilan bog`liq. Baqtriyaning poytaxt shaxri Baqtr ham xuddi shunday bog`liqlikda. Yunon tarixchilari bu xaqda shunday yozib qoldirganlar: “Uning (Baqtr daryosining – A. 3.) nomi bilan shaxar va viloyat (ham) ataladi”. “Zariaspa shahri keyinchalik daryo nomi bilan Baqtr deb atalgan”.