“BMI uchun ilmiy-metоdik adabiyotlarni o‘rganish, faktik materiallar to‘plash va ularni o‘zarо taqqоslash”

Mavzu yuzasidan talabalarning nazariy, amaliy bilimlari mustahkamlash, bilimlarni yaxshi o‘zlashtirish, ma’lumotlarni tartiblash, umumlashtirish, o‘zaro taqqoslash, sifat darajasini ko‘tarish, tanqidiy, mantiqiy fikrlashni shakllantirish; g‘oyalarni, fikrlarni, dalillarni yozma va og‘zaki mantiqan to‘g‘ri tashkil qilingan nutq orqali bayon qilish, mavzuga doir malaka va ko‘nikmalarini takomillashtirish; tarbiyaviy ishga ijodiy yondashish, o‘z faoliyatining samarali bo‘lishiga qiziqish uyg‘otish, o‘z qobiliyati va imkoniyatlarini tekshirish, o‘z shaxsini takomillashtirishga intilish, muammoga diqqatini jamlay olish, muammolar va vaziyatlarni turli nuqtai nazardan muhokama qilish, mustaqil qarorlarni topa olish va xulosa chiqarish mahorati, o‘zgalar fikriga hurmatlash, shirinsuxan bo‘lish, faollik, jamoa bilan ishlash kabi xususiyatlarni talabalarda shakllantirish va rivojlantirish.