Bul funksiyalar. Ahamiyati va ahamiyatsiz o’zgaruvchilar. Bul funksiyalarining formulalar orqali amalga oshirilishi. Teng kuchli formulalar

Ma’lumki, mantiqiy amallar mulohazalar algebrasi nuqtai nazardan chinlik jadvallari bilan to’liq xarakterlanadi. Agarda funskiyaning jadval shaklda berilishini esga olsak, u vaqtda mulohazalar algebrasida ham funksiya tushunchasini aniqlashimiz mumkin. Ta’rif. x1, x2, … ,xn mulohazalar algerbasining x1, x2, … ,xnargumentli f(x1, x2, … ,xn) funksiyasi deb nol va bir qiymat qabul funksiyaga aytiladi va uning x1, x2, … ,xnargumentlari ham nol va bir qiymatlar qabul qilinadi.