«Buxoro-102» g‘o‘za navini parvarishlashda suspenziya qo‘llashni maqbul me’yorlarini o‘rganish

Keyingi yillarda Respublikamiz fermer xo‘jaliglarida o‘g‘itlar suspenziyasi bilan o‘simliklarni bargidan oziqlantirish orqali yuqori natijalarga erishilmoqda. Chet mamlakatlarda qishloq xo‘jalik ekinlarini o‘sishi va rivojlanishi uchun ishlatiladigan o‘g‘itlarning 60 % dan ortig‘i suyuq holatda maxsus texnika yordamida qo‘llaniladi.