Fe’llarning yasalishi

Harakat tushunchasini anglatuvchi so‘zlar fe’l deyiladi. Harakat ma’nosi juda keng tushuncha bo‘lib, o‘ylamoq, xayol surmoq fikrlamoq singar tafakkur, yugurmoq, sakramoq., ishlamoq kabi jismoniy faoliyat, so‘zlamoq, demoq, aytmoq kabi nutq, uxlamoq, mudramoq, kutmoq , kulmoq kabi holat, qurmoq, chizmoq, yasamoq, yaratmoq kabi natijali faoliyat bilan bog‘liq ma’noviy guruhlarga mansub fe’llarni o‘z ichiga oladi. Fe’llar bir umumiy so‘roqqa-nima qilmoq? so‘ro-g‘iga javob bo‘ladi.