Informatika va aхborot texnologiyalari

Respublikamizda olib borilayotgan islohotlarning taqdirida yuqori malakali mutaxassislarning roli benihoyat kattadir. Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek -«Ertangi kun yangicha fikrlay oladigan, zamonaviy bilimga ega bo‘lgan yuksak malakali mutaxassislarni talab etadi». Shu sababli xalqimizning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlari, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalar asosida yetuk mutaxassislar tayyorlash tizimi ishlab chiqildi va jadal sur’atlar bilan hayotga tatbiq etilmoqda.