ISHID

Iroq va Shom Islom Davlati (ISHID) (baʼzan Iroq va Suriya Islom Davlati deb tarjima qilinadi) — sunniy, ekstremist, jihodchi, oʻzini xalifalik deb eʼlon qilgan, Iroq va Suriyada faoliyat yuritayotgan, tan olinmagan davlat. Guruh oʻzini Islomiy Davlat (ID) deb nomlaydi va arabcha Daʿish qisqartmasi bilan ham maʼlum. ISHID 2014-yilning boshida Iroqning gʻarbida joylashgan muhim shaharlardagi davlat harbiy kuchlarini siqib chiqardi. Suriyada boʻlsa ham davlat kuchlari, ham Suriya fuqarolar urushida ishtirok etayotgan guruhlar bilan jang qildi. Iroqda katta hududni bosib olganidan keyin guruh 2014-yil iyun oyida Abu Bakr Al-Bagʻdodiy boshchiligida xalifalik oʻrnatilganini eʼlon qildi.