Kamyob yer metallarining indiy bilan birikmalarida almashinuv o’zaro ta’sir parametrini hisoblash

Bugungi kunda kamyob Yer metallari(KEM) va ular asosidagi birikmalarning fizik xossalarini shu jumladan magnit xossalarini o’rganishga bo’lgan qiziqish ularning elektron tuzilishining o’ziga xosligi va amalda keng qo’llanilishi bilan bevosita bog’liqdir. Bu ob’ektlarda kechikib to’ladigan 4f – elektron qobiqning mavjud bo’lishi, ularning kinetik, optik, magnit va boshqa fizikaviy, kimyoviy xossalarining o’ziga xosligini aniqlaydi. Ulardan doimiy magnitlar, transformator va drossellarning o’zaklari tayyorlashda, axborotlarni yozishda va qayta eshittirish texnikasining xotirlash qismlari sifatida hamda boshqa o’ziga xos magnit xossali yangi magnit materiallari yaratishda keng qo’llaniladi.