Kasb-hunar kollejida iqtisodiy fanlarni o’qitishda muammoli ta’lim texnologiyalaridan foydalanish yo’llari

Muammoli ta’lim – o’qituvchi rahbarligida muammoli vaziyat vujudga keltirilib, mazkur muammo o’quvchilarga faol mustaqil faoliyati natijasida bilim, ko’nikma va malakalarni ijodiy o’zlashtirish va aqliy faoliyatni rivojlantirishga imkon beradigan ta’lim jarayonini tashkil etish nazarda tutiladi. Shuningdek muammoli o’qitishning mohiyatini o’qituvchi-talabalarning o’quv ishlarida muammoli vaziyatni vujudga keltirish va o’quv vazifalarni, muammolarini va savollarini hal qilish orqali yangi bilimlarni o’zlashtirish bo’yicha ularning bilish faoliyatini boshqarish tashkil etadi. Bu esa bilimlarni o’zlashtirishning ilmiy tadqiqot usulini yuzaga keltiradi