Misr Arab Respublikasi

Misr 1952-yil inqilobidan keyingina chinakam mustaqil davlatga aylandi. Bunga qadar mamlakat ko‘p yillar Angliya hukmronligi ostida bo‘lgan. Misr aholisi qashshoqlik va kasalliklardan azob chekar, ularning deyarli barchasi savodsiz edi. Mamlakatda mashinasozlik zavodlari bo‘lmagan, metallar hunarmandchilik ustaxonalarida eritilardi. Endilikda respublikada sanoat tez sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Yerlarning ko‘p qismi yersiz va kam yerli dehqonlarga berildi.